Jyeki Chan Xitoy kommunistik partiyasiga a'zo bo‘lmoqchiligini ma'lum qildi

Foto: Reuters
Mashhur aktyor va prodyuser Jyeki Chan Xitoy kommunistik partiyasi a'zosiga aylanishni istayotganini ma'lum qildi. Bu haqda aktyorning Xitoy kino uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan simpoziumdagi bayonotiga tayanib South China Morning Post nashri xabar qildi.
Tadbir Xitoy raisi Si Tszinpinning kompartiyaning 100 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqiga bag‘ishlangan bo‘lgan.
Aktyor anjumandagi nutqida “xitoylik bo‘lishdan faxrlanishini” va barcha va'dalarini so‘zsiz bajaradigan partiyaning “buyukligini” aytgan.
“Men bu yerda to‘planganlar kommunistik partiya a'zolari ekaniga havas qilaman. Men Xitoy kommunistik partiyasini ajoyib deb hisoblayman, chunki uning rahbariyati bergan barcha va'dalar albatta bajariladi. Men kompartiya a'zosiga aylanishni istardim”, deb aytgan aktyor o‘z bayonotida.
1997 yilgacha Britaniya boshqaruvi ostida bo‘lgan Hongkongda dunyoga kelgan 67 yoshli aktyor 2013 yildan beri Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi a'zosi hisoblanadi. Uning ota-onasi xitoylik qochqinlar bo‘lgan. Chan yoshligida Xitoyning siyosatini ma'qullamagan. Jumladan, u 1989 yilda Tyananmen maydonidagi norozilik namoyishlari qo‘llab-quvvatlovi uchun o‘tgan konsertda ishtirok etgan.
Biroq Hongkong Xitoy tarkibiga qaytarilgandan keyin aktyor sekin-asta Pekin siyosatini qo‘llab-quvvatlay boshlagan. Jumladan, u Xitoyning maxsus ma'muriy hududlari hisoblanuvchi Hongkong va Tayvanni ularning siyosiy modellari “haddan tashqari erkinlik berishi” uchun tanqid qilgan.
2009 yilda aktyor o‘z nutqlaridan birida “oxirgi mahal xitoyliklarni nazorat qilish zarurligi, yo‘qsa ular xohlagan ishlarini qilishlari mumkinligi haqida o‘ylay boshlaganini” aytgan.
Jyeki Chan Hongkongda Xitoy siyosatiga qarshi o‘tkazib kelinadigan norozilik namoyishlarini anchadan beri qoralab keladi. 2012 yilda Hongkong aholisi Pekinning ta'lim islohotiga qarshi chiqqanda, aktyor namoyishlarga nisbatan qonunchilikni kuchaytirish zarurligini aytgan.
Xitoy kommunistik partiyasi 1 iyulda tashkil topganining 100 yillik yubileyini nishonladi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda partiyaga 95 mln kishi a'zo hisoblanadi.
Mavzuga oid

15:39 / 11.03.2025
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

09:21 / 10.03.2025