Xorazmda koronavirus infeksiyasiga chalingan homilador ayollarni davolash bo‘limi tashkil etildi

Respublikamizning barcha viloyatlarida COVID-19 kasalligiga qarshi kurashish, uning tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar hamda kasallikka chalingan bemorlarga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish dasturlari ishlab chiqilgan.
Shunday dastur asosida Xorazm viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan homilador ayollarni davolash uchun Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limining bir qismida 35 o‘ringa mo‘ljallangan maxsus bo‘lim tashkil qilindi.
Bo‘limda bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon zaxiralari, sarflov materiallari, tibbiy jihozlar zaxirasi yaratildi. Koronavirusga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatish tajribasiga ega xodimlar jalb qilindi.
Bo‘limda viloyatning barcha hududlaridan kelayotgan homilador bemorlarni 14 kunlik karantin doirasida davolash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021
JSST Yevro-2020 sababli Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi muqarrarligini aytdi

18:24 / 02.07.2021