Jahon | 08:45 / 01.07.2021
7822
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada issiq havodan vafot etganlar soni 500 nafarga yaqinlashdi

Foto: ria.ru

Kanadaning Britan Kolumbiyasi provinsiyasida anomal issiq havo sababli deyarli 500 kishi vafot etdi. Bu haqda provinsiya koroneri Liza Lapoint bayonotida ma'lum qilindi. 

Lapointning ta'kidlashicha, ma'lumotlar qayta ishlanishi davomida qurbonlar soni oshishi mumkin.

Provinsiyada issiq havo 25 iyundan boshlangan. Havo harorati rekord ko‘rsatkich — 49,6 darajaga yetgan. Bungacha Kanadada harorat 45 darajadan oshmagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi 5 kun ichida provinsiyada ko‘plab o‘lim holatlari qayd etilgan. Lapointning ta'kidlashicha, koronerlik xizmatiga 25 iyundan boshlab to‘satdan vafot etishlar haqida kamida 486ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan.         

Mahalliy politsiyada ta'kidlanishicha, dastlabki kuzatuvlarga ko‘ra, bu o‘limlar anomal issiq havo bilan bog‘langan. Vafot etganlardan aksariyati keksa yoshlilar bo‘lgan.

Mavzuga oid