Jahon | 18:42 / 25.06.2021
9836
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya bosh vaziri «Sputnik V» Yevropada ro‘yxatdan o‘tkazilmasligini aytdi

Mart oyida Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi va Shveytsariyaning Adienne Pharma&Biotech kompaniyasi Italiyada «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuv imzolagandi.

Foto: REUTERS/Johanna Geron/Pool

Italiya bosh vaziri Mario Dragi Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) tomonidan hech qachon ma'qullanmasligi mumkinligini aytdi.

«Biz alohida vaksinalarga to‘xtaldik va Rossiya vaksinasi YeMA tomonidan ma'qullanmadi va ehtimol, hech qachon ma'qullanmaydi degan xulosaga keldik. Xitoy vaksinasi esa aftidan, pandemiyaga qarshi kurash talablariga javob bermaydi, buni Chili tajribasi ko‘rsatmoqda», — dedi Dragi.

Mart oyida Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi va Shveytsariyaning Adienne Pharma&Biotech kompaniyasi Italiyada «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuv imzolagandi.

Avvalroq Vengriya, Slovakiya va Shimoliy Makedoniya o‘z hududlarida Rossiya vaksinasi ishlab chiqarilishini ma'qullagandi.

Mavzuga oid