Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qizlarning fotoshop suratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilganlar 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Muborak tumanida yashovchi ikki nafar yigit dehqonobodlik ikki qizning fotoshop qilingan suratini internetda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Shahrisabz shahri va Muborak tumanida yashovchi ikki yigit dehqonobodlik ikki nafar qiz bilan Telegram’da tanishib, ularning rasmlarini olishgan. So‘ng rasmlarni fotoshopda qayta ishlab, uyatsiz ko‘rinishga keltirishgan. Keyin ularni internetda tarqatishlarini aytib, qizlarni qo‘rqitishgan. Bu ishni qilmaslik evaziga esa pul so‘rashgan.
Qayd etilishicha, qizlar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, mazkur holat haqida xabar bergan. Tuman IIB xodimlari tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borgan hamda tez orada gumondor yigitlar qo‘lga olingan.
Mazkur ishni ko‘rib chiqqan Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudi sudlanuvchilarni Ma'muriy kodeksning 46-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblab, ularning har biriga 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlagan. Shuningdek, sudlanuvchilar qamoqda o‘tirgan har bir sutka uchun BHMning 15 foizi miqdorida jarima to‘lashi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

15:09 / 23.02.2025
Qashqadaryoda ma’muriy jarimadan jahli chiqqan haydovchi YPX mashinasining oynalarini sindirdi

12:41 / 27.10.2023
Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

19:54 / 26.10.2023
Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:24 / 26.06.2023