Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyning «sariq osmoni»ga chiqindi poligonidagi yong‘in sabab bo‘lgani ma'lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kundan beri tongda Navoiy shahri osmoni sarg‘imtir tusga kirayotgani va o‘tkir hidli, bo‘g‘uvchi havodan nafas olishning imkoni bo‘lmayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi holatni o‘rganib chiqib, munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, ob-havoning keskin isib ketishi natijasida Karmana tumani hududida joylashgan, «Berejlivost» XIChKga qarashli chiqindilarni ko‘mish poligonida 2021 yil 19 iyun kuni yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida atmosferaga katta miqdorda tutun, turli gazlar, kanserogen moddalar, is gazi va boshqa moddalar ajralib chiqqan. Shamol ta'sirida ushbu gazlar shahar atmosfera havosida saqlanib, anomaliya holatini sodir qilgan va aholi uchun noqulay sharoitni keltirib chiqargan.
2021 yil 22 iyun kuni boshqarmaning atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi va viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi huzuridagi Navoiy shahar atmosfera havosini monitoring qilish laboratoriyalari hamkorligida chiqindixonaning sanitar himoya mintaqasidan namunalar olinib, tahlil ishlari olib borilgan.
Chiqindixonaning sharqiy tomonidan olingan namunalar tarkibida azot oksidi, oltingugurt ikki oksidi, uglerod ikki oksidi belgilangan me'yorlardan yuqori holatni ko‘rsatgan. Gidrometrologiya laboratoriyasi tahlillari natijalarida esa noorganik chang, oltingugurt oksidi, uglerod oksidi, azot ikki oksidi, ammiak me'yordan yuqoriligi ma'lum bo‘lgan.
«Me'yordan yuqori chiqqan holatlar bo‘yicha tabiatga yetkazilgan zarar va atmosfera havosini ifloslantirganligi uchun ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, barcha holatlar bo‘yicha sudga chiqarish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda. Ushbu hudud Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olindi. Ishning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi», — deyiladi boshqarma munosabatida.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

15:11
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi

12:45 / 25.07.2025
“Surxondaryoning “o‘pkasi” yonib ketyapti” – Sheroboddagi yong‘in davom etayotgani ma’lum bo‘ldi

21:48 / 24.07.2025
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi

10:38 / 24.07.2025