Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAVning faolligi orqaligina nooqilona davlat xaridlarining oldi olinadi - Adliya vaziri o‘rinbosari
Kun.uz muxbiri Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash to‘g‘risidagi prezident farmoni bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi tomonidan tilla ruchkalar xaridi bo‘yicha e'lon berilishi jamoatchilik e'tiroziga sabab bo‘lgani, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan xarid amalga oshirish qachon nazoratga olinishi haqidagi savol bilan murojaat qildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev ushbu holatlar bo‘yicha nazorat qiluvchi organlar Hisob palatasi va Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi ekanini bildirib, hali bunday holatlar butunlay yo‘q bo‘ladi deyishga erta ekanini ta'kidladi.
“Lekin korrupsiyaning eng katta kushandasi – bu ochiqlik. Ommaviy axborot vositalarining faolligi orqaligina biz kelgusida nooqilona foydalanishlarning oldini olishimiz mumkin bo‘ladi” – deydi Xudoyor Meliyev.
Aksilkorrupsiya agentligi direktorining o‘rinbosari Umida To‘xtasheva esa bu yerda muammo normativlar belgilanmaganida ekanini ta'kidladi.
“Shaffoflik orqali siz shu narsadan xabar topyapsizmi, shu narsaga e'tiroz bildiryapsizmi, soliq to‘lovchi sifatida sizning haqqingiz bor. Shunday e'tirozlar kelgusida mana shunday normalarning ishlab chiqilishiga xizmat qiladi” – dedi Agentlik rasmiysi.
Eslatib o‘tamiz, Mudofaa vazirligi har biri 15 mln so‘mlik tilla qoplangan ikkita ruchka xaridi bo‘yicha e'lon bergandi. Keyinroq vazirlik e'londagi 15 mln so‘m yakuniy narx emasligini, takliflarga qarab arzonroqqa ham xarid qilinishi mumkinligini, shuningdek ushbu xarid vazirlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

07:57 / 09.08.2025
Qirg‘iziston prezidenti OAV to‘g‘risidagi bahsli qonunni imzoladi

07:36 / 28.07.2025
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

12:03 / 21.07.2025
Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi

20:34 / 30.06.2025