Jahon | 22:19 / 16.06.2021
4452
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 5 yil ichida ilk bor orbitaga fazogirlarni jo‘natadi

 Xitoy 5 yil ichida ilk bor orbitaga 3 fazogirni jo‘natadi. Orbitaga 56 yoshli Ni Xayshen, 54 yoshli Lyu Bomin va 45 yoshli Tan Xunbo yo‘l oladi. Missiyaga Ni Xayshen boshchilik qiladi.

Bu maqsadda 17 iyun soat 9:22da Gansu provinsiyasidan Shenzhou-12 fazoviy kemasi orbitaga uchiriladi.

Ushbu missiya Xitoyning uchinchi koinot stansiyasini qurish uchun amalga oshiriladigan 11 missiyadan uchinchisi bo‘ladi.

Stansiya qurilishi aprelda boshlangandi. O‘shanda orbitaga stansiyaning uch modulidan eng yirigi Tianhe uchirilgan. Shenzhou-12 ekipaji ushbu modulda 3 oy yashaydi.

Stansiyani 2022 yil oxirigacha qurib bitkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid