FVV xodimlari tomonidan kanalda cho‘kib ketayotgan qiz qutqarib qolindi

Chortoq tumanidan o‘tuvchi «Katta Namangan kanali»da oqib ketayotgan qizcha FVV xodimi tomonidan qutqarib qolindi.
Hodisa kecha, 15 iyun kuni soat 19:40 larda, Namangan viloyati Chortoq shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Namangan kanali”da yuzaga kelgan.
Ma'lum bo‘lishicha, mazkur hududda xizmat olib borayotgan Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari kanalda oqib ketayotgan qizni ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng, FVV xodimlari zudlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar.
Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa'y-harakatlari natijasida fuqaro hushsiz holda qutqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va o‘ziga keltirilgan. O‘ziga keltirilgan qiz tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.
Hozirgi vaqtda qutqarilgan insonning ahvoli o‘nglangan.
Mavzuga oid

13:28 / 09.03.2025
FVV gaz ta’minoti o‘chib qayta yonganda qanday ish tutish bo‘yicha muhim qo‘llanmani eslatdi

10:52 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi

19:26 / 04.03.2025
FVVning yangi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

12:18 / 11.02.2025