Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aydarko‘l atrofida yangi turistik hududlar quriladi

Foto: navoiyeco.uz
“O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Jizzax va Navoiy viloyatlari turistik salohiyatini rivojlantirish maqsadida Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi.
Mazkur rekreatsion ko‘llar hududida 2021–2025 yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Rekreatsion ko‘llar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish loyihalarini amalga oshirish Turizm va sport vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Rekreatsion ko‘llar hududiga kirish nuqtasida axborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi.
Tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida rekreatsion ko‘llar hududida qutqaruv brigadasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyani amalga oshirish orqali har biri 5 yillik davrni o‘z ichiga olgan 3 bosqichli quyidagi natijalarga erishiladi:
- birinchi bosqichda, jami 204 o‘rinli 6 ta joylashtirish vositasi, shuningdek, hududda ekoturistik obektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari tashkil etiladi;
- ikkinchi bosqichda, Aydarko‘l atrofidagi 33 ming gektar hududda yangi turistik hududlar, joylashtirish vositasi, sog‘lomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar barpo etiladi;
- uchinchi bosqichda, 300 o‘rinli joylashtirish vositalari va sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar tashkil etiladi, 1 200 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
Rekreatsion ko‘llar hududi va unga olib boruvchi 271 km yo‘llar ta'mirlanib, qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariyada suvda cho‘kkan o‘zbekistonlik talabaning vafoti tasdiqlandi. TIV zarur choralar ko‘rmoqda
Jamiyat | 19:16
-
Mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 18:57
-
AQSh Venesuela prezidentini hibsga olish uchun mukofotni 50 million dollargacha oshirdi
Jahon | 18:55
-
Ayrim sohalarda mehnat shartnomalari elektron shaklga o‘tadi
Iqtisodiyot | 18:41
Mavzuga oid

09:15 / 06.08.2025
Pokistonda O‘zbekiston bo‘ylab o‘tuvchi motoralliga start berildi

20:35 / 05.08.2025
AQSh 5 ming dollardan 15 ming dollargacha garov evaziga viza berish dasturini ishga tushiradi

18:36 / 02.08.2025
O‘zbekistonliklar vizasiz kiradigan davlatlar ma’lum qilindi

09:25 / 28.07.2025