Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan Afg‘onistonga 1000 dona kislorod balloni yetkazib berdi
Kecha, 11 iyun kuni Xayraton shahrida Afg‘oniston vakillariga 1000 dona kislorod ballonidan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Ma'lum qilinishicha, ushbu insonparvarlik yordami pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan Afg‘oniston hukumatining murojaatiga binoan amalga oshirildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda so‘zga chiqqan Afg‘oniston vakillari O‘zbekiston prezidentiga ko‘rsatayotgan doimiy e'tibor va g‘amxo‘rligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston hukumatining favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatish haqidagi murojaatiga javob bergan birinchi davlat rahbari bo‘lganini alohida qayd etdi.
Balx provinsiyasi gubernatori Farhod Azimiy O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam Afg‘oniston xalqiga chinakam birodarlik munosabatining yorqin namunasi ekanini ta'kidladi.
Balx provinsiyasi kengashi rahbari Muhammad Xalidning aytishicha, O‘zbekiston prezidenti butun dunyoga o‘zbek xalqining afg‘on xalqi bilan nafaqat pandemiyani yengish, balki Afg‘oniston zaminiga uzoq kutilgan tinchlik va osoyishtalikni olib kelish borasida niyati birligini namoyish etdi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev o‘z nutqida pandemiya sharoitiga qaramay, O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi orqali qo‘shni mamlakatga oziq-ovqat va dori-darmonlar uzluksiz ravishda yetkazib berilayotganini aytdi. O‘zbekiston qo‘shni davlatga har tomonlama ko‘mak berishda davom etishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy ko‘magi ostida afg‘onistonlik shifokorlarning O‘zbekistondagi klinikalarda pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakat tajribasi bilan tanishishi tashkil etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:24 / 04.07.2025