Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir o‘rinbosari: «Raqamli tibbiyot bemorda ham, shifokorda ham mas'uliyatni oshiradi»
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov tibbiyot rivojida raqamlashtirish bemorda ham, shifokorda ham mas'uliyat va javobgarlikni vujudga keltirib, tashxisning to‘g‘ri qo‘yilishini ta'minlashi haqida gapirdi.

Abdulla Azizovning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyotda raqamlashtirish – tibbiy ma'lumotlar bazasini shakllantirish, bu orqali bemorga qo‘yiladigan tashxisning to‘g‘riligini kafolatlash, ushbu ma'lumotlarga asoslanib, ya'ni sun'iy intellekt orqali diagnoz qo‘yishni yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarni yaratadi.
«Masalan, Estoniyada avtomatlashtirilgan tizim orqali tashxis qo‘yiladi. Hozirda ular tomonidan qo‘yilayotgan diagnozning 80 foizi to‘g‘ri qo‘yilmoqda. Qolgan 20 foizida shifokor aralashuvi talab etiladi.
Raqamlashtirish bemorda ham o‘z salomatligiga mas'uliyatni oshiradi. Misol uchun, Daniyaga mehmonga borgan onamning tobi qochdi. Antibiotik dorilar olishi kerakligi ma'lum bo‘ldi. U yerda to‘g‘ridan to‘g‘ri borib dori olishning imkoni yo‘q. Lekin shifokordan retsept olish uchun o‘sha yerda yashayotgan akamning yoki mening nomimga yozdirishimiz kerak. Lekin retsept yozilgach, u kasallik tarixida qoladi va qachondir akam yoki men kasal bo‘lsak, shifokor kasallik tariximizdagi o‘sha antibiotik haqida ma'lumot olib, shunga qarab davolaydi. Raqamlashtirish bemorda ham, shifokorda ham mas'uliyat, javobgarlikni birinchi o‘ringa chiqaradi.
O‘zbekistonda esa 12 varaqli daftar bizning kasallik tariximiz hisoblanadi. Hech qanday javobgarlik yo‘q. Istalgan odam istalgancha antibiotik olishi mumkin. Rivojlangan davlatlarda bu faqat shifokor retsepti bilangina olinadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda tibbiyotni raqamlashtirish tizimi Toshkent shahrida, Andijon va Navoiy viloyatlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilayotganini ta'kidladi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida esa texnik omillar sabab ortda qolish kuzatilgan.
«Bu tizim faqat qaysidir hudud uchun joriy qilinmaydi. Butun respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yiladi. Masalan, «Elektron shifoxona» platformasi Toshkentda ishlab, Qoraqalpog‘istonda ishlamasa, barcha harakatlarimiz befoyda. Hammasi qog‘ozda qolaveradi. Eski tizim, noto‘g‘ri tashxislash amalda qolaveradi. Shuning uchun barcha viloyatlarni bir xilda qamrab olishni maqsad qilganmiz», dedi Abdulla Azizov.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air China O‘zbekistonga birinchi parvozni amalga oshirdi
O‘zbekiston | 20:19
-
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi
Fan-texnika | 19:20
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
-
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi
Jahon | 18:48
Mavzuga oid

21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi

20:25 / 05.02.2025
Dorilarni retsept bilan sotishga qachon o‘tiladi?

14:12 / 03.02.2025
Abdulla Azizov ayrim dorilar narxi ustidan nazorat to‘xtatilishini izohladi

22:12 / 30.01.2025