Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyatida ichimlik suvi ta'minotidagi uzilishlar davom etmoqda

Navbahor tumanidagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta'minoti to‘xtab qolgan, aholiga obi hayot grafik asosida, texnika yordamida tashib berilayotgan edi. Viloyatning Karmana tumanida ham ichimlik suvi ta'minotida to‘xtalishlar yuzaga kela boshladi. Holat yuzasidan «Navoiy suv ta'minoti» MChJ rasmiy bayonot berdi.
Ma'lum qilinishicha, hozirgi kunda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Damxo‘ja suv ta'minoti» MChJga qarashli inshootlarda suv bosimi pastligi, yog‘ingarchiliklar yo‘qligi hamda suv oqimining kamligi sababli zaxiradagi uzatiladigan suv ta'minoti sathi (debiti) pastlashib ketgani hududlarda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Ta'kidlanishicha, aholini ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta'minlash maqsadida Karmana tumanidagi 20 ta mahallaga suv uzatish soatbay tartibda amalga oshiriladi.
- Jumladan, ichimlik suvi Do‘rman, Azamat, Xonchorbog‘, Ayronchi, Uyrot, Yangiariq, Talqoq, Paxtaobod, Kamolot, Navro‘z, Varq, Arabxona, Allon, Nurafshon, Gulobod, Kalovot, Qo‘hna Qurg‘on, Do‘stlik mahallalarida soat 16:00dan 8:00 gacha;
- Sardoba mahallasida soat 6:00dan 9:00gacha, 12:00dan 14:00gacha hamda 18:00dan 21:00gacha;
- Malik mahallasining ayrim hududlariga soat 6:00dan 9:00gacha yetkazib beriladi.
Ushbu soatbay tartib suv inshootlarida bosim ko‘tarilgunga qadar amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

20:29 / 27.11.2023
3 yilga bormagan issiqxonalar: Navoiyda 24 mlrd so‘mlik loyiha barbod bo‘ldi

12:55 / 13.01.2023
Navoiyda chorva mollariga bo‘rilar hujum qilmoqda. Yuzlab qo‘ylar nobud bo‘lgan

22:35 / 29.07.2022
Navoiyda ayol “ukol”dan keyin vafot etdi. Ish bosdi-bosdi qilib yuborilgan

12:41 / 07.06.2022