Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab va akademik litseylar reytingini aniqlash bo‘yicha nizomlar tasdiqlandi
3 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari hamda akademik litseylar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlangan.
Belgilanishicha:
- umumiy o‘rta ta'lim muassasasi direktori, uning o‘rinbosarlari, pedagog xodimlar faoliyatiga baho berish belgilangan tartibda tasdiqlangan ta'lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari asosida hisoblangan natijalarga muvofiq amalga oshiriladi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta'lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga baho berishda reyting natijalari inobatga olinadi.
- akademik litseylar faoliyatining samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritiladi, reyting ko‘rsatkichi past bo‘lganlariga nisbatan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan chora-tadbirlar belgilanadi va amalga oshiriladi.
Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi har yili 1 sentyabrga qadar:
- Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumiy o‘rta ta'lim muassasalari reytingini;
- Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar reytingini e'lon qiladi.
Mazkur qaror bilan maktablar reytingini aniqlash tartibiga bir qator yangiliklar kiritilgan.
Nizom bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, maktablar reytingini aniqlashda:
- 11-sinf bitiruvchilari tomonidan oliy ta'lim muassasalariga kirishda to‘plagan ballari;
- OTMga o‘qishga kirganlar salmog‘i;
- o‘quvchilarning bilim darajasi;
- pedagoglarning sifati (salohiyati);
- o‘quvchi va o‘qituvchilarning chet tillarini bilish darajasi;
- o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovnoma natijasi;
- ta'lim muassasasida ma'naviy-ma'rifiy va o‘quv tarbiyaviy muhit (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.
Shuningdek, akademik litseylar reytingini aniqlashning yangi mezonlari va hisoblash metodikasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, mazkur jarayonda quyidagi ko‘rsatkichlarga e'tibor qaratiladi:
- o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar sonining belgilangan qabul parametriga nisbati (raqobat ko‘rsatkichi);
- oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan o‘quvchilar ulushi;
- reyting aniqlangan yilda nufuzli xalqaro va respublika fan olimpiadalari, sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan (sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan) akademik litseylari o‘quvchilari ulushi;
- chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar ulushi;
- ilmiy darajali, chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan asosiy shtatdagi pedagoglar ulushi;
- xorijiy pedagoglar, shuningdek, xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reytinglarida birinchi 1 000talikka kirgan OTM diplomlariga ega bo‘lgan mahalliy pedagoglar ulushi;
- akademik litseydagi ma'naviy-ma'rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Navoiy shahrini zaharli tutun qopladi. Odamlar nafas olish imkonsizligini aytmoqda
O‘zbekiston | 18:22
-
O‘qishni “perevod” qilish uchun pul to‘lanadimi?
O‘zbekiston | 18:14
-
Tramp WSJ nashrini sudga berib, 10 mlrd dollar talab qildi
Jahon | 17:51
-
“Test oson bo‘ldi, chunki hammasini tavakkal belgiladim” - abituriyentlar o‘rtasida kichik so‘rov
Jamiyat | 17:11
Mavzuga oid

08:02
Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida sertifikat beriladi

15:05 / 10.07.2025
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025