Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilish tartibi o‘zgardi
«Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan boshlab ish staji besh yil bo‘lmagan oliy ma'lumotli tibbiyot xodimlarini nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ishga qabul qilish bilan bog‘liq talablar davlat tibbiyot muassasalariga tenglashtiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil may oyidagi «Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan boshlab ish staji besh yil bo‘lmagan oliy ma'lumotli tibbiyot xodimlarini nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ishga qabul qilish bilan bog‘liq talablar davlat tibbiyot muassasalariga tenglashtiriladi.

Mazkur qarorning ushbu bandiga oydinlik kiritish maqsadida SSV Matbuot xizmati vazirlikning Lisenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi boshlig‘i Farhod Rahimqulovga murojaat qildi.
«Bu qarorning nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ishga qabul qilish bilan bog‘liq 12-bandi tibbiyot sohasida kadrlar bandligini ta'minlash va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi tanlov imkoniyatini oshirish bo‘yicha katta qadam bo‘ldi. Avval nodavlat tibbiyot muassasalariga ishga kirish uchun shifokorda malaka toifasi bo‘lishi talab etilardi. Buning uchun kamida 5 yil tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish lozim edi. Bundan o‘z-o‘zidan ko‘rinadiki, oliy o‘quv yurtini endi tugatgan yosh mutaxassis xususiy shifoxonada ish boshlay olmasdi. Davlat tibbiyot muassasalarining shtatlar imkoniyati ham barcha bitiruvchilarni ish bilan ta'minlashda qiyinchilik tug‘dirar edi.
2021 yil 1 iyuldan ushbu murakkabliklarga chek qo‘yiladigan bo‘ldi. Ya'ni nodavlat tibbiyot muassasasi biror yosh mutaxassisning bilim va malakasiga ishonch bildirib, uni ish bilan ta'minlamoqchi bo‘lsa, ulardan malaka toifasi talab qilinmaydi. Mutaxassis ish boshlaganidan so‘ng, vaqti kelganida shu ish joyida ishlab turib ham malaka toifasini olishi mumkin. Xullas, endi tibbiyot muassasasining mulkchilik shakli yosh mutaxassislarni ishga qabul qilishga to‘siq bo‘la olmaydi», deydi mutaxassis.
Ma'lumot uchun, prezidentning 2017 yil 1 apreldagi «Sog‘liqni saqlash tizimining xususiy sektorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, xususiy tibbiyot tashkilotlari qariyib 130 yo‘nalishdagi tibbiy ixtisosliklar bo‘yicha litsenziya olishlariga imkon yaratildi. Bundan avval ular atigi 50 turdagi tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqiga ega edi.
Ayni paytda mamlakatda 6,5 mingdan ziyod xususiy tibbiyot muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, «Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tashkil etishda bino va inshootlarga belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlardan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish belgilandi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024