Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda qarzdor qarzi evaziga uyidagi jihozlarni olib ketgan MIB xodimlarini kaltakladi
Jizzax viloyatining Zomin tumanida qariyb 300 mln so‘mlik qarzini to‘lamay kelayotgan qarzdorning uyidan televizor, mikroto‘lqinli pech va changyutgich xatlab olib chiqib ketgan davlat ijrochilari qarshilikka uchragan. MIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, qarzdor erkak qarzini to‘lashini aytib, ikki ijrochini ovloq joyga olib borib, qo‘l ko‘targan.
«Asaka bank» foydasiga solidar tartibda 288 mln 122 ming so‘m qarz va davlat foydasiga 11 mln 523 ming so‘m davlat boji undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarz to‘lanmagach, MIB Zomin tumani bo‘limi davlat ijrochilari Yo.Ummatov, M.Mirzayev va boshqalar 2021 yilning 24 aprel kuni qarzdorning xonadonidan 1 dona «Roison» televizori, 1 dona «Samsung» mikroto‘lqinli pechi va 1 dona «Samsung» changyutgichini qarz evaziga xatlab olib ketishgan.
MIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, voqeaning ertasiga, ya'ni 25 aprel kuni qarzdor shaxs davlat ijrochisi M.Mirzayevga qo‘ng‘iroq qilib, qarzini to‘lab berishni va'da qilgan. U Yo.Ummatov va M.Mirzayevni «Cobalt» rusumli avtomashinasida ovloq joydagi pishiq g‘isht ishlab chiqarish sexiga olib borib, davlat ijrochilariga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.
«Xodimlarga tuman tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, davlat ijrochisi Yo.Ummatovga pastki lab ichki yuzasi yorilishi, burun yopiq jarohati, davlat ijrochisi M.Mirzayevga yuqori va pastki lab jarohati, bo‘yin o‘rta o‘lchamli yopiq jarohati, o‘ng bel qismi yopiq jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Sodir etilgan holat bo‘yicha 19 may kuni Zarbdor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», deya ma'lum qildi MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamashida ish faoliyatini bajarayotgan MIB xodimiga nisbatan keskin qarshilik ko‘rsatgan qarzdor fuqaro va uning qarindoshlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi
Fan-texnika | 20:34
-
Sud Trampning tug‘ilish holati bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga oid farmonini blokladi
Jahon | 19:55
-
AQSh Davlat departamenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi - AP
Jahon | 19:35
Mavzuga oid

11:57 / 21.05.2025
Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi

10:24 / 14.05.2025
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

10:13 / 13.01.2025
Jizzaxda ilonni tiriklay yeb yuborgan shaxs jarimaga tortildi

17:05 / 25.11.2024