Sergeli–Qo‘yliq yer usti metrosi qurilishida 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi
Ko‘chirish imkoni bo‘lmaganda esa kesishga ruxsat berilgan. Kesiladigan har bir daraxt uchun kompensatsiya sifatida 10 tup ko‘chatlarni ekish va ikki yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov AOKAdagi brifingda metro qurilishi sababli daraxt kesilishi masalasida izoh berdi.
Ayni paytda yer usti halqa metro liniyasi qurilishining uchinchi – yakunlovchi bosqichi Sergeli–Qo‘yliq yo‘nalishida jadal davom ettirilmoqda.
«Tabiiyki, ulkan bunyodkorlik maydonida qaysidir daraxt yoki butani ko‘chirishga to‘g‘ri keladi. Yana bir tomoni – hamma daraxtlarni ham ko‘chirib bo‘lmaydi.
Sergeli–Qo‘yliq yo‘nalishida metro qurilishida ana shunday holat yuzaga kelganda qanday tartib amal qilishi O‘zbekiston prezidentining joriy yil 23 aprelda Toshkent shahrida barpo etilayotgan zamonaviy korxonalar faoliyati, shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish jarayonida bergan topshiriqlari bayonida ko‘rsatib o‘tilgan.
Unga muvofiq, mazkur hududda joylashgan o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni ko‘chirishga, ko‘chirish imkoni bo‘lmaganda, istisno tariqasida kesishga ruxsat berilgan.
Bunda, moratoriy talablaridan kelib chiqib, kesiladigan har bir daraxt uchun kompensatsiya sifatida 10 tup qimmatligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan ko‘chatlarni ekish va ularni ikki yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
Shu munosabat bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi mutasaddilari soha mutaxassislari va ekolog-inspektorlarni jalb qilgan holda, qurilish rejalashtirilgan katta hududdagi daraxtlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazishdi.
Unga ko‘ra, yer usti metrosining Mirobod tumanidan o‘tadigan qismida 66 ta, Sergeli tumanidan o‘tadigan qismida 168 ta, Yangi hayot tumanidan o‘tadigan qismida esa 551 ta (jami 785 ta) daraxt borligi aniqlandi.
Bularning orasida safora, terak, archa, tut, yong‘oq, o‘rik, eman, shumtol, qayrag‘och, chinor singari daraxtlar bor. Ularni qayerga ko‘chirish mahalliy tuman hokimliklari bilan, qanday ko‘chirish esa biolog olimlar bilan maslahatlashilmoqda. Maqsad bitta — imkon qadar barchasini saqlab qolishdan iborat.
Yana tabiiy savol tug‘ilishi mumkin: baribir bir necha daraxtni kesishga to‘g‘ri kelganda – ushbu yog‘och xomashyosidan kim, qanday foydalanadi? Bu savol ham ekologlar tomonidan qurilish tashkilotlari va hokimliklar oldiga qo‘yilgan. Masalaning yechimi sifatida esa avval daraxtni Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga o‘tkazish va shundan keyin yog‘ochni yo hunarmandlarga taqdim etish, yoki boshqarmaning zaruriy ehtiyojlari uchun ishlatish rejalashtirilmoqda», – dedi Ozod Rajabov.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh HAMASni G‘azodagi gumanitar yordam tarqatish punktiga hujumda aybladi
Jahon | 10:03
-
Hindiston O‘zbekiston bilan investitsiya hajmini oshirishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiyot | 09:40
-
Isroil armiyasi G‘azoning qator hududlariga zarba berdi: 41 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 09:20
-
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini yana oshiradi
Jahon | 09:05
Mavzuga oid

18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi

16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya

23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi

10:56 / 03.11.2024