Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati prokuraturasida ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Matbuot anjumanida Farg‘ona shahridagi shov-shuvga aylangan "555" dorixonasida sodir etilgan bosqinchilik jinoyati videokuzatuv kameralari orqali fosh bo‘lganligi, joylarda 16 mingga yaqin kuzatuv kameralari o‘rnatilganligi, sodir etilgan 157 ta jinoyat aynan kuzatuv kameralarga muhrlanib qolgan tasvirlar orqali ochilganligi soha xodimlari tomonidan ma'lum qilindi.
Kun.uz muxbiri viloyat miqyosida turli mavzulardagi qonunbuzilish holatlari o‘z aksini topgan murojaatlar ko‘plab kelayotganligi, ayrim joylarda oddiy muammolar ham o‘z yechimini topishda oqsoqlanayotganligi haqida to‘xtaldi. Bunga javoban viloyat prokurori o‘rinbosari tomonidan muammolarni samarali yechim topishida OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim omil ekanligi bildirildi.
“Kelajakda OAV va blogerlar bilan ishlash bo‘yicha muntazam ravishda dasturlar asosida, reja asosida hamkorlik qilib boramiz. Ijtimoiy tarmoqlarda rezonans beruvchi ma'lumotlar, xabarlar yuzasidan o‘z vaqtida munosabat berish masalalari prokuratura organlari tomonidan doim ko‘rib chiqiladi. OAV so‘roviga asosan ma'lumot taqdim etiladi. Biz OAV bilan hamkorlikka doim tayyormiz”, - deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda viloyat prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi Nodirjon Jalolov.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hilola Umarova PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:13
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
Mavzuga oid

20:58 / 09.07.2025
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 26.06.2025
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

09:14 / 18.06.2025