Bosfor orqali harakatlanish 249 metrli tanker sababli to‘xtatildi

Foto: NTV
Istanbulda Bosfor bo‘g‘ozi orqali harakatlanish to‘xtatildi. Bunga u orqali harakatlanayotgan 249 metrli tankerdagi nosozlik sabab bo‘lgan, deb xabar qildi turk ommaviy axborot vositalari.
NTV telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, neft ortilgan RAVA nomli tanker rul boshqaruvi ishdan chiqqach, qirg‘oq tomon o‘z-o‘zicha suza boshlagan. Voqea joyiga yetib kelgan sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati buksirlari uni qirg‘oqdan 300 metr berida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan bo‘g‘oz orqali harakatlanishni to‘xtatishga qaror qilingan. Tankerga qo‘shimcha buksirlar jo‘natilgan.
Nosozlikka nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan. Bo‘g‘oz orqali harakatlanish qachon tiklanishi borasida ham hech qanday ma'lumot yo‘q.
Vessel finder portali ma'lumotlariga ko‘ra, tanker Xorvatiya bayrog‘i ostida harakatlangan va Rossiyaning Novorossiysk shahridan Ispaniyaning Kartaxena shahri tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:01 / 10.03.2025
Shimoliy dengizda neft tankeri va konteynerovoz to‘qnashib ketdi

16:51 / 09.02.2025
Sankt-Peterburg yaqinida mazut ortilgan tanker cho‘ka boshladi

10:30 / 20.01.2025
Qora dengizdagi tankerlar avariyasi Rossiyaning soyadagi floti bilan bog‘landi

13:27 / 16.01.2025