Jahon | 07:53 / 21.05.2021
30495
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kongressi a'zolari COVID laboratoriyadan kelib chiqqanini tasdiqlovchi dalillar haqida ma'lum qildi

AQSh Vakillar palatasining Razvedka qo‘mitasidagi respublikachilar koronavirus infeksiyasi laboratoriyadan kelib chiqqaniga oid ishonchli dalillar mavjudligini e'lon qildi. Bu haqda ularning hisobotida aytilgan, deb xabar berdi Fox News.

«Jiddiy dalillar Uhan virusologiya institutidan ro‘y bergan sizib chiqish COVID-19 tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin, degan xavotirlarni keltirib chiqarmoqda», deyiladi xabarda

Respublikachilar yozishicha, amerikalik diplomatlar 2017 yilda Uhandagi laboratoriya zarur xavfsizlik protokollariga rioya qilmasdan koronaviruslarga qarshi xavfli tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgani haqida xabar bergan. Bundan tashqari, 2019 yilning kuzida, qo‘mita a'zolari ma'lumotiga ko‘ra, bir nechta laboratoriya xodimlari COVID-19 oqibatlariga o‘xshash alomatlar bilan kasallangan. Nashr, shuningdek, Xitoy harbiylarining Uhandagi institutga aloqadorligini eslatib o‘tgan.

Respublikachilarning fikriga ko‘ra, virusning tabiiy ravishda kelib chiqishi to‘g‘risida bilvosita dalillar kam. Xitoy hukumati hozirgacha odamlarga virus yuqtira boshlagan turlarni aniq ma'lum qilolmayapti.

Qo‘mita a'zolari AQSh hukumatini Xitoyga ko‘proq bosim o‘tkazishga chaqirishdi, sababi Pekin pandemiya kelib chiqishini to‘liq o‘rganish va uning sun'iy kelib chiqishi ehtimolini tekshirish uchun ruxsat berishi lozim.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi koronavirusni tekshirish uchun Xitoyning Uhan shahriga borgan edi. Mutaxassislar uning sun'iy kelib chiqishi ehtimolini rad etdi va tabiiy manba ko‘rshapalaklar populyatsiyasi ekanini tasdiqladi. 

Mavzuga oid