Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet tillariga ixtisoslashgan 207 ta maktab tashkil etiladi
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar uchun Prezident sovrini ta'sis etiladi.

O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab, tumanlar (shaharlar)da umumiy o‘rta ta'lim muassasalari negizida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktab tashkil etiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini ta'sis etiladi.
Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta'lim maktablari o‘rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:
- 1-bosqich – tuman va shaharlarda o‘tkazilib, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha;
- 2-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, g‘oliblar 250 mln so‘mgacha;
- 3-bosqich – respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni tasdiqlaydi:
- xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar va ularga biriktiriladigan oliy ta'lim muassasalari ro‘yxati hamda ushbu maktablarni jihozlash dasturi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun maktablar orasida musobaqalarni o‘tkazish tartibi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23 / 27.07.2025
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40 / 27.07.2025
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11 / 27.07.2025
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025