Ramazon hayiti kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00dan ish boshlaydi

13 may, Ramazon hayiti kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00dan ish boshlaydi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 2021 yil 13, 14, 15, 16 may kunlari jamoat transporti harakatini quyidagicha tashkil etish belgilandi:
- 2021 yil 13 may - dam olish kuni, shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarning ish boshlash vaqti soat 4:00dan boshlanadi;
- 2021 yil 14 may - dam olish kuni, yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2021 yil 15 may - dam olish kuni, shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2021 yil 16 may - dam olish kuni, yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 13 may kuni nishonlanadi. 14-15 may kunlari ham ishlanmaydigan kunlar deb belgilandi. 16 may esa yakshanba.
Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

13:17 / 10.03.2025
O‘zbekistonda yo‘l belgilarini qo‘llashda Belarus tajribasi tatbiq etilishi mumkin

12:40 / 04.03.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi

10:36 / 03.02.2025
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi 80 ming dollar bilan ushlandi

12:15 / 02.02.2025