Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atom energiyasi agentligi O‘zbekistonga tadqiqot yadro reaktori xavfsiz ishlashi uchun maxsus uskunalar yetkazib beradi

Foto: Reuters
2021 yil oxiriga qadar O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti tadqiqot yadro reaktorining avtomatik quvvatni boshqarish tizimi uchun mo‘ljallangan maxsus uskunalar bilan ta'minlanadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekistonning Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) huzuridagi doimiy vakolatxonasi ma'lumotiga ko‘ra, MAGATE o‘tgan o‘n yil mobaynida texnikaviy yordam loyihalari orqali mamlakat Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot yadro reaktorining eng muhim tugunlari va tizimlarini modernizatsiyalashga ko‘maklashmoqda. Loyihalar doirasida zamonaviy nazorat-himoya tizimi joriy etiladi, dozimetriya, elektr ta'minoti, shoshilinch shamollatish tizimlari modernizatsiya qilinadi va sovitish tizimi elementlari almashtiriladi.
Yaqinda MAGATE texnikaviy hamkorlik bo‘limi «Yadro fizikasi instituti tadqiqot yadro reaktorining yadroviy xavfsizligini oshirish va samarali ishlatilishini mustahkamlash» loyihasi doirasida tadqiqot yadro reaktori avtomatik elektr nazorat tizimi uchun mo‘ljallangan maxsus uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha Rossiyaning «SNIIP-SISTeMATOM» kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
2021 yil oxirigacha yetkazilishi rejalashtirilgan mazkur uskunalar yadro reaktori xavfsizligini ta'minlaydi, shuningdek, undan foydalanish tezligini oshiradi.
Mazkur loyihaning muhim tarkibiy qismi kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan. Loyiha doirasida Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti mutaxassislarining MAGATE tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv kurslari va seminarlarda ishtiroki hamda yetakchi xorijiy markazlarga ilmiy safarlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
-
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak
Jahon | 15:12
-
Sheremetevoda yana kollaps yuzaga keldi. 50 ga yaqin reys bekor qilingan
Jahon | 14:52
-
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi
Ta’lim | 14:48
Mavzuga oid

13:17 / 01.02.2025
Oyda elektr: olimlar kosmik missiyalar uchun yadro reaktorini yaratdi

19:58 / 24.11.2024
Eron uranni boyituvchi ilg‘or sentrifugalardan foydalanishni boshlaganini e’lon qildi

23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV

20:58 / 12.06.2024