Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya kompaniyasi Jizzaxda kungaboqar yog‘i ishlab chiqaradi
Vengriyaning Kiss Group kompaniyasi Jizzax shahrida yiliga 200 ming tonna kungaboqar pistasini qayta ishlashga mo‘ljallangan investitsion loyihani amalga oshiradi.

BMB Trade Group va Kiss Group (Vengriya) kompaniyalari o‘rtasida Jizzax shahrida kungaboqar yog‘i ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha investitsion shartnoma imzolandi.
«Dunyo» agentligi xabariga ko‘ra, vengriyalik hamkorlar bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning yillik quvvati 200 ming tonna kungaboqar pistasini qayta ishlashga mo‘ljallangan.
Loyihaning umumiy qiymati 90 million yevrodan ortiqni tashkil etadi. Shundan 52 million yevroga teng qismi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya bo‘lishi ma'lum qilingan.
Ma'lumot uchun, hozirda O‘zbekiston aholisining o‘simlik yog‘iga bo‘lgan yillik talabi 475 ming tonnani tashkil etadi. Yog‘-moy korxonalari esa yiliga 259 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarmoqda. Ya'ni talab mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 55 foizga ta'minlanmoqda, ichki bozor ehtiyojining 45 foizi import hisobiga qoplanmoqda.
Oxirgi paytlarda dunyo miqyosida o‘simlik yog‘i narxlari oshishi kuzatilmoqda. Bu O‘zbekiston ichki bozoriga ham ta'sir o‘tkazmay qolmadi. Shu sabab, respublikaga 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirishga qo‘shilgan qiymat solig‘i bekor qilinmoqda.
Avvalroq, Kun.uz yilning 1-choragida kungaboqar yog‘i, aprel oyida esa paxta yog‘ining narxi keskin oshib ketgani borasida tahliliy maqolalar e'lon qilgandi.
Shuningdek, iqtisodchi Otabek Bakirov o‘simlik yog‘i narxi oshib ketmasligi uchun tezkor choralar ko‘rishga chaqirgan edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chirchiq daryosida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Jamiyat | 12:28
-
NYT: Trampning boingini ta’mirlashga yadroviy kuchlar dasturidan to‘langan
Jahon | 12:13
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
-
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi
O‘zbekiston | 12:02
Mavzuga oid

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

15:37 / 24.06.2025
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi

08:59 / 15.05.2025
Fuqaroni 30 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

13:31 / 10.04.2025