Jalaquduqdagi xonadonlarda oq va adras tusli lolalar o‘stirilmoqda
Jalaquduq tumanidagi Yorqishloq mahallasini tom ma'noda Andijondagi Hollandiya deyish mumkin. Chunki, ushbu mahalladagi xonadonlarda turli navdagi lolalar yetishtiriladi.

Mahallada 505 ta xonadon mavjud bo‘lib barchasida loladan hech bo‘lmaganda 10-15 tup ekiladi. 50dan ortiq xonadon esa gul yetishtirib daromad qiladi.
Uzum so‘ritoklari tagiga ekilgan lolalar ortiqcha parvarish talab qilmaydi. Shunchaki, 1-2 bora sug‘orib, begona o‘tlardan tozalab turish kifoya.
Ozodaxon aya Mamtaziyeva lolalarga o‘zgacha mehr qo‘ygan. Turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng gullar uning ovunchog‘iga aylangan.
— Lolani yaxshi ko‘raman. 4 dona ko‘chatdan boshlaganman. Boshqa qo‘shmadim. O‘zi ko‘paydi. 8 yildan beri shug‘ullanaman shu ish bilan. Bu yil 2 million so‘mlik sotdim. Tomorqamizda 6 xil turdagi lolalar bor. Aniq sanog‘ini ham bilmayman lolalarni, – deydi Ozodaxon aya.
15 kun davomida ko‘zni quvnatib, dilni yayratib turuvchi lolalarni gul sotuvchilar o‘zlari olib ketishadi. Uzum ostida erta bahorda yetishtirilgan lolalar tug‘ilgan kun, bayramlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.
Qiziq jihati, lolalar yetishtirib bo‘lingach urug‘lari salqin joyga olib qo‘yilib, o‘rniga boshqa mahsulotlar ekiladi. Erta bahordan esa urug‘lar qayta ekiladi.
— 10 milliondan ortiq daromad oldik, — deydi Abdug‘ofir Jalilov. — 10 ming tupdan ortiq lolalarimiz bor. Hozir faqat urug‘likka olib qo‘ydik. Qolganlarini sotib bo‘ldik. Nabiralar bilan birga parvarish qilamiz.
Turli xil rangda ochiluvchi lolalarning ayrimlari Rossiyadan olib kelingan. Hozirda ularni ko‘paytirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Baxmalday tovlanib turgan lolalar kishining bahri dilini ochadi. Haqiqatda Yorqishloq — Andijonning Hollandiyasi.
Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri
Montajchi: Faxriddin Hotamov
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sheremetevo va Pulkovo faoliyati dronlar va shamol tufayli cheklandi
Jahon | 14:51
-
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
Jahon | 13:50
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Sport | 11:31
Mavzuga oid

15:01 / 17.12.2024
Andijonda fuqarolarning mashinalarini ijaraga olib, ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan yirik uyushgan guruh ustidan sud boshlandi

13:56 / 28.11.2024
Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik aytilgan vaqtda bitkazilmadi. Yangi muddat – 1 aprelgacha

19:44 / 26.09.2024
“Odamlar qiynalyapti” - Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik qachon tiklanadi?

06:51 / 27.08.2023