Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ellikqal'ada noma'lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan 440 bosh qo‘y va echki haqida yangi tafsilotlar ma'lum bo‘ldi

Ellikqal'a tumani «Ellikqal'a» OFYda istiqomat qiluvchi Ahmad Niyazimbetovga tegishli qo‘radagi 440 bosh qo‘y-qo‘zilari va echki-ulog‘i bilan yonib ketdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, holat 22 mart kuni sodir bo‘lgan. Qo‘y-echkilarning yonib ketish sabablari noma'lumligi aytilmoqda.
Tuman IIBga ko‘ra, voqea 22 martdan 23 mart kuniga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Yong‘in chiqqan hudud qumlik orasidagi do‘nglikda joylashgan. 1-1,5 metr balandlikda yog‘och va simlar bilan o‘rab yasalgan qo‘y qo‘ra ichida boqib kelayotgan 250 bosh qo‘y-qo‘zilari va echki-uloqlari yonib ketgan.
Yong‘in sodir bo‘lgan kuni Ahmad Niyazimbetov qo‘y va echkilarini beruniylik Ongarov Umirzokqa ko‘z quloq bo‘lib, boqish uchun topshirgan. O‘sha vaqtda u yong‘in kelib chiqqan qo‘y qo‘radan taxminan 15-20 metr chamasidagi uzoqlikda joylashgan ko‘chma vagon ichida yolg‘iz o‘zi bo‘lgan.
Voqea joyi ko‘zdan kechirilganida ko‘chma vagon ichkarisida isinish va ovqat pishirish uchun o‘choq borligi aniqlangan. Shu kuni unda o‘t yoqilgan, deyiladi Ellikqal'a tumani ichki ishlar bo‘limi xabarida.
Hozirda Ahmad Niyazimbetovning yaqin qarindoshlari, uning do‘stlari, yong‘in kelib chiqqan qo‘y qo‘raga yaqin masofada yashovchi fuqarolar hamda muqaddam sudlangan shaxslar bilan operativ surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ellikqal'a tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

11:56 / 04.07.2025
Navoiy ko‘chasida qurilishi bitmagan bino tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi

17:14 / 12.06.2025
“Yem-xashakka ketgan pullarni chiqarib olish ham osonmas” – uyida qoramol boqayotgan chorvadorlar

15:02 / 20.09.2024
Qoraqalpog‘istonda o‘quvchi darsdan kuch ishlatib olib chiqib ketildi

21:19 / 10.09.2024