Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda Rossiyaga tegishli yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Unga yuklangan qo‘ylarning bir qismi nobud bo‘ldi
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Rossiyaga tegishli yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Oqibatda uning ustiga yuklangan qo‘ylarning bir qismi nobud bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 aprel kuni soat 17:20larda, davlat ahamiyatidagi 4R-38 M39 Olmaota–Toshkent–Termiz xalqaro yo‘li–Uchtepa–Jizzax shahri avtomobil yo‘lining Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi 3-kilometrida tegishli hujjatlar bilan Rossiya fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan «DAF FT XF105 420» rusumli yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur yuk mashinasi Jizzax yo‘nalishi bo‘ylab borayotganda o‘ng old tomon shinasi yorilib ketgan. Natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘l chetiga ag‘darilgan. Aniqlanishicha, yuk mashinasi yukxonasida jami 300 bosh qo‘y bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 158 bosh qo‘y nobud bo‘lgan. Qolgan 142 bosh qo‘y-qo‘zi maxsus uskunalar yordamida qutqarib qolingan. Avtoulov texnik shikastlangan, hech kim jarohatlanmagan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Paxtakor tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoning ayrim hududlarida harbiy harakatlar har kuni 10 soatga to‘xtatiladi
Jahon | 09:37
-
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
O‘zbekiston | 09:25
-
Germaniya hozircha Falastin davlatini tan olish niyatida emas
Jahon | 08:59
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
Mavzuga oid

11:00 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025