Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘liklar va ko‘chatlar xaridi uchun subsidiya ajratiladi
Prezident “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Belgilanishicha, 2021 yil 1 maydan boshlab:
- dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni sektor, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan patronajga olish tizimi joriy qilinadi. Bunda, sektor, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga ajratilgan yer uchastkalarini o‘zlashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yerlar hosildorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulotni realizatsiya qilish va boshqa masalalarda yordam ko‘rsatiladi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bir hafta muddatda urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun subsidiya olishga ehtiyoji bor yoshlarning ro‘yxatini shakllantiradi va ularga subsidiya ajratish choralarini ko‘radi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

17:11 / 19.07.2025
“Test oson bo‘ldi, chunki hammasini tavakkal belgiladim” - abituriyentlar o‘rtasida kichik so‘rov

12:03 / 30.06.2025
«Yoshlarimizni ko‘rib, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi» – prezident

11:05 / 30.06.2025
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi

19:50 / 28.06.2025