Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi radioaktiv suvni okeanga oqizishga qaror qildi

Foto: iz.ru
Yaponiya hukumati 2011 yil martida texnogen falokat yuz bergan “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi radioaktiv moddalardan qisman tozalangan suvning katta hajmini okeanga oqizishga qaror qildi. Biroq Xitoy va Janubiy Koreya Yaponiyaning bu rejalaridan tashvish bildirmoqda.
Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, stansiyada to‘planib qolgan katta hajmdagi suvni okeanga oqizish bo‘yicha qaror bosh vazir Yosixide Suga boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan.
“Suvning utillashtirilishi AESni foydalanishdan chiqarishda qochib qutulib bo‘lmaydigan muammo hisoblanadi”, deb aytgan Suga yig‘ilishda.
Martga kelib AES hududidagi tankerlarda 1,25 mln tonna tozalangan radioaktiv suv yig‘ilib qolgan. Suv stronsiy, deyteriy kabi radioaktiv moddalardan tozalangan, biroq uning tarkibida tritiy izotoplari qolmoqda. Suvni texnik jihatdan undan tozalashning imkoniyati bo‘lmayapti. AES operatori Tokyo Electric Power Company Holdings Inc. stansiyada tozalangan suv hajmi tobora ortib borayotgani va uni to‘plash uchun joy 2020 yil kuziga kelib qolmasligidan ogohlantirgan.
Yaponiya hukumatida ta'kidlanishicha, stansiyadagi suv okeanga oqizilishi vaqtida JSST tomonidan ichimlik suvi uchun o‘rnatilgan me'yorga to‘g‘ri keladi.
Suvning okeanga oqizilishiga tayyorgarlik 2 yilcha vaqt oladi.
Yaponiya bosh vazirining aytishicha, hukumat ushbu jarayonning xavfsizligi ta'minlanishini nazorat qiladi. Shuningdek, dengiz mahsulotlarida radioaktiv moddalar borligi tekshirib turiladi.
Biroq Xitoy va Janubiy Koreya “Fukusima”dagi suvning okeanga oqizilishidan tashvish bildirmoqda. Ushbu davlatlar bu jarayon odamlar va atrof-muhit xavfsizligi uchun bevosita va bilvosita ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirlanmoqda hamda Yaponiyani bunga mas'uliyatli yondashishga chaqirmoqda.
2011 yil 11 martda Yaponiyada yuz bergan vayronkor zilzila va sunamidan keyin “Fukusima-1” AESda sovitish tizimining ishdan chiqishi oqibatida bir qator avariyalar yuz bergandi. Hukumat AES atrofidagi 20 km radiusdagi hududdan odamlarni evakuatsiya qilgan. Shuningdek, “Fukusima-1”dagi xavflilik darajasi maksimal darajaga yetgani e'lon qilingan. Bunday daraja o‘z vaqtida Chernobil AESda yuz bergan falokat vaqtida e'lon qilingan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston | 15:06
-
«Uchrashuvga hali erta». Istanbuldagi muzokaralarning qisqacha yakunlari
Jahon | 14:50
-
Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysi uchib ketdi
Jahon | 14:46
-
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi
Jamiyat | 14:39
Mavzuga oid

12:04 / 23.07.2025
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

15:42 / 27.06.2025