Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro «Innoprom» sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

«Ta'kidlash joizki, «Innoprom» Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy ishlanmalarni birgalikda ilgari surish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan eng yirik ko‘rgazma hisoblanadi. Ushbu tadbir mamlakatimizda birinchi marta o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Denis Manturov davlatimiz rahbariga ikki mamlakatning yetakchi sanoat kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Suhbat chog‘ida biznes va hududlar darajasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Poytaxtimizda "Innoprom" ko‘rgazmasining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ushbu vazifalarni bajarishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni to‘liq yopildi
Jahon | 16:34
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
Mavzuga oid

16:15 / 29.04.2025
Rossiya O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

17:34 / 28.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda «INNOPROM» xalqaro ko‘rgazmasini borib ko‘rdi

16:22 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

19:41 / 19.02.2024