Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hududgazta’minot»da inspektor lavozimi tugatilmoqda. Barcha ko‘rsatkichlar uzatilishi onlayn rejimga o‘tkaziladi

"Aqlli" hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadal davom etayotganidan kelib chiqib, "Hududgazta’minot" AJ tomonidan ilgari iste'molchilarning gaz hisoblagichlaridagi ko‘rsatkichlarni yig‘ish hamda tizimga kiritish bilan shug‘ullangan inspektor lavozimi bekor qilinmoqda. Bu haqda "Hududgazta’minot" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
2020 yilda "Hududgazta’minot" AJ tomonidan tabiiy gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (GNHAT/ASKUG) loyihasi amalga oshirish boshlandi hamda uning doirasida iste'molchilarning barcha toifalari uchun iste'mol qilingan tabiiy gaz uchun ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida markazga uzatuvchi "aqlli" gaz hisoblagichlar o‘rnatilmoqda.
Ayni vaqtda gazni hisobga olish qurilmalari iste'mol ko‘rsatkichi va debitorlik qarzi yuqori bo‘lgan hamda gaz taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish zarurati mavjud bo‘lgan 77ta shahar/tumanlarda o‘rnatilmoqda. GNHAT loyihasini amalga oshirish Toshkent viloyatining Toshkent, Zangiota va Qibray tumanlarida, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida, Navoiy viloyatining Karmana tumanida to‘liq yakunlandi. Butun mamlakat bo‘ylab 991 mingdan ziyod yangi "aqlli" gaz hisoblagichlar o‘rnatib bo‘lindi va ularda qayd etilayotgan ma'lumotlar avtomatik ravishda "BillingGaz" tizimiga yuborilmoqda.
"Aqlli" hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadal davom etayotganidan kelib chiqib, "Hududgazta’minot" AJ tomonidan ilgari iste'molchilarning gaz hisoblagichlaridagi ko‘rsatkichlarni yig‘ish hamda tizimga kiritish bilan shug‘ullangan inspektor lavozimi bekor qilindi. Qabul qilingan qaror gaz yetkazib beruvchi va abonent o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni o‘rnatish, shuningdek, GNHAT tizimiga ulanmagan hamda avval o‘rnatilgan gaz hisoblagichlaridan tabiiy gaz iste'moli to‘g‘risidagi ma'lumotlarni "BillingGaz" tizimiga kiritishda inson omilini qisqartirishga imkon beradi”, deyiladi ma'lumotda.
"Hududgazta’minot" AJ "sotuvchi va xaridor" munosabatlaridagi yangi shartlarga muvofiq hamda abonent va tabiiy gaz yetkazib beruvchisi o‘rtasidagi amaldagi kelishuvga binoan, iste'mol qilingan "zangori yoqilg‘i" uchun to‘lovlarni har oyning 10-kunigacha amalga oshirish kerakligini eslatgan.
Yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lov shartnomada belgilangan muddatlarda, o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, iste'molchi yetkazib beruvchiga gaz yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, to‘lovi kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lov miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan holda, 0,1 foiz miqdoridagi penya to‘laydi.
“Fursatdan foydalanib, "Hududgazta’minot" AJ iste'molchilardan xonadonlariga o‘zlarini gaz ta'minoti tashkilotlarining inspektori sifatida tanishtirib kelgan shaxslar bilan aloqaga kirishmaslik va ularga GNHAT tizimiga ulanmagan gaz hisoblagichlaridagi ko‘rsatkichlarni taqdim etmaslikni, shuningdek, to‘lovlarni mobil telefon orqali elektron tizimlar yoki bank kassalariga murojaat qilgan holda amalga oshirishni so‘raydi. Yaqin kunlarda iste'molchilar GNHAT tizimiga ulanmagan, iste'moldagi gaz hisoblagichlarining ko‘rsatkichlarini yuborishlari uchun maxsus "Telegram" bot hamda ilova ishga tushiriladi. Barcha savol va takliflar yuzasidan, 1104, 71 2000804, 71 2021104 telefon raqamlari orqali yoki "Facebook" ijtimoiy tarmog‘idagi "Gaz ta'minoti muammolari va ularni hal etish yo‘llari" guruhiga murojaat eting”, deyilgan xabarda.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning Bektemir tumanidagi ko‘pqavatli uyda yong‘in yuz berdi
Jamiyat | 14:06
-
YeI Alyaskadagi sammit oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi bayonot qabul qildi
Jahon | 13:45
-
Uysizlarni haydayotgan Tramp, G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlar va Ozarboyjonning Ukrainaga yordami – kun dayjesti
Jahon | 13:43
-
“Akamni olib kelish uchun urushga borgandim”, “Vazifamiz Toretskni ishg‘ol qilish edi” – Rossiya armiyasiga yollangan ikki yigit hikoyasi
Jamiyat | 13:39
Mavzuga oid

10:00 / 10.08.2025
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti

21:29 / 07.08.2025
Yarim yillik davlat budjeti: asosiy raqamlar

11:09 / 07.08.2025
Toshkentning ikki tumani hududlarida gaz vaqtinchalik o‘chiriladi

14:38 / 05.08.2025