Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: Makro supermarketi «Samarqand darvoza»dan chiqarib yuborildi
Toshkent iqtisodiy sudi Makro supermarketi da'volarini qondirmadi. Kompaniya «Samarqand darvoza»dagi binolarni to‘liq bo‘shatdi, belgilar olib tashlandi.

«Samarqand darvoza» devoridan Makro logotipi olib tashlanmoqda / Foto: Makro
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makro’ning talablarini qondirmaslik yuzasidan hal qiluv qarorini chiqardi. Bu haqda Kun.uz'ga sud vakili ma'lum qildi.
Gap nimada?
Kun.uz fevral oyida Makro supermarketining «Samarqand darvoza»dan chiqarib yuborilishiga oid voqealar yuzasidan surishtiruv e'lon qilgan edi. Unda tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilikka Toshkentdagi yirik savdo-ko‘ngilochar «Samarqand darvoza» va Compass markazlari ma'muri – «O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi» MChJ o‘z binolarida ijara huquqi asosida faoliyat yuritayotgan Makro supermarketlari bilan tuzilgan shartnomani bekor qilmay, ushbu nuqtalarda boshqa kompaniyalar bilan ish boshlashini ma'lum qilgani sabab bo‘lgan.
Voqealar nimadan boshlandi?
7 yanvar kuni «Majid Al Futtaim» va «UzOman» strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatishi haqida rasmiy xabar tarqatildi.
Xabarda «Majid Al Futtaim» mart-aprel oylarida Toshkentda ikkita yangi Carrefour gipermarketini ishga tushirishi, gipermarketlar «UzOman»ga tegishli eng yirik «Samarqand darvoza» va «Compass» savdo-ko‘ngilochar markazlarida tashkil etilishi e'lon qilingandi.
Makro nimadan norozi bo‘ldi?
«Samarqand darvoza» ma'muriyati 6 yanvar kuni («Majid Al Futtaim» va «UzOman» strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatishi haqida xabar tarqalishidan bir kun avval) ijaraga olingan maydonni qaytarib berishni so‘rab, Makro'ga xat yo‘llagan. Bu haqda supermarket rasmiysi Kun.uz'ga ma'lum qilgandi.
«Ijara shartnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar amal qilgan muddat ichida «Samarqand darvoza» tomonidan ijara shartnoma shartlari buzilgani bo‘yicha biror shikoyat kelib tushmagan. Shuningdek, ijara haqini oshirish orqali ijara shartnomasini 10 yilga uzaytirish bo‘yicha «Darvoza savdo» MChJ (Makro savdo belgisi egasi – tahr.) tomonidan bir necha marta taklif bildirilgan. Bundan tashqari, «Samarqand darvoza»da Carrefour ochilishi haqidagi xabarni tarqatish Makro huquqlarini poymol etadi», – degan edi kompaniya vakili.
Shuningdek, «Samarqand darvoza» savdo-ko‘ngilochar markazi ma'muriyati – «CD Mall» MChJ xodimlari Makro supermarketi joylashgan savdo zali va omborxonani energiya ta'minotidan uzib qo‘ygani ma'lum qilingan edi.
Makro («Darvoza savdo» MChJ) rasmiy vakili ushbu hodisadan so‘ng, eng birinchi navbatda kompaniya obro‘yiga putur yetib, moliyaviy zarar ko‘rganini ta'kidlagandi.
Makro bu masala yopilganini ma'lum qildi
Ma'lum bo‘lishicha, sudda «Samarqand darvoza» vakillari Carrefour bilan shartnoma tuzmaganliklarini ma'lum qilgan.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makro'ning talablarini qondirmagan.
Shu munosabat bilan, 24 mart kuni Makro «Samarqand darvoza»dagi binolarni to‘liq bo‘shatdi, bir necha kun o‘tib supermarketga tegishli belgilar majmuadan olib tashlandi. Supermarketlar tarmog‘i ushbu masala yopilganini ma'lum qildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

17:55 / 11.08.2023
Makro “Omadli xaridor” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi

15:58 / 24.07.2023
Makro 700 ta ommabop tovarlarga narxlarni tushirdi

16:16 / 20.07.2023
Makro supermarketlar tarmog‘i ta’minot zanjirlari bilan qaytadan ishlashni amalga oshirdi

20:35 / 05.04.2023