Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondan chorva olib o‘tiladigan maxsus o‘tkazish punkti loyihasi taqdim qilindi

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Go‘sht mahsulotining narxiga chetdan olib kiriladigan chorva soni ham ta'sir qiladi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, o‘tgan 2020 yil davomida Qirg‘izistondan Namangan viloyatiga 10 801 bosh qoramol olib kirilgan.
Namanganga Jalolobod viloyati gubernatori boshchiligida tashrif buyurgan delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan biznes-forum davomida chegara orqali chorva olib o‘tishga mo‘ljallangan maxsus punkt loyihasi taqdim qilindi.
“Kirgiz eko eksport“ korxonasi bosh direktori Ulan Maksimobekovga ko‘ra, bu loyiha ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichida chorva mollari bo‘yicha sanitariya post, veterinariya tekshiruvi, laboratoriya, mol so‘yadigan joylarni hamda teri va junni qayta ishlov sexlari qurishni o‘z ichiga oladi.
Bu maskan Olabuqa tumani Qizilqo‘l uchastkasidan Kosonsoy tumaniga o‘tishda tashkil etiladi. Tashkil etiladigan joy Kosonsoy shahridan 4 km yuqorida joylashgan.
Mazkur loyihaga 20 gektar yer ajratilgan bo‘lib, yer bilan bog‘liq hujjatlar to‘liq tayyor holatga keltirilgan.
Ulan Maksimobekovning aytishicha, hozirgi kunda suv, elektr energiyasi va boshqa muammolar hal etilmoqda.
"Xudo xohlasa chegaralar ochilishi bilan, bizning loyiha ham ikki viloyat kelushuvlari negizida amalga oshadi deb ishonamiz", - deydi loyiha taqdimotchisi.
Loyihaning asosiy maqsadi - chorva mollarini boshqa yuklarga aralashmagan holda olib o‘tishdan iborat.
Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, Bugungi kunda Jalolobod viloyatida 380 mingdan oshiq qoramol, 1.5 mln.dan ortiq mayda jonliqlar (qo‘y, echki) va 200 mingdan oshiq yilqi mavjud.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025