Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suvaysh kanalidagi kemani siljitish maqsadida undagi yuk tushiriladi
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasidan yukni tushirishni buyurdi. Avvalroq qutqaruvchilar sayozlikka o‘tirib qolgan kemani undagi konteynerlarni tushirmasdan yo‘ldan olishni mo‘ljallayotgandi.

Foto: AP Photo/Mohamed Elshahed
Al Arabiya News'ning kanal boshqarmasi boshlig‘i Usoma Rabiyyaga tayanib xabar berishicha, Misr prezidenti kemani yo‘ldan olishning birinchi va ikkinchi ssenariysi muvaffaqiyatsizlikka uchrashini kutib o‘tirmasdan, uchinchi ssenariyga o‘tishni buyurgan. Ushbu ssenariy kemani sayozlikdan olish uchun undagi konteynerlarni tushirishni ko‘zda tutadi.
Rabiyyaning ta'kidlashicha, kemadagi 18 mingta konteynerdan ba'zilarini tushirish uchun maxsus qurilma kerak bo‘ladi va Misr prezidenti uni qo‘llashga ruxsat bergan. Misr hukumatiga ko‘ra, Suvaysh kanalida qatnov to‘xtab qolgani sabab mamlakat har kuni 12-14 million dollar yo‘qotmoqda.
«Operatsiyani yakunlashimiz bilan kanal rahbariyati u yerda to‘planib qolgan kemalarni evakuatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Biz kemachilik operatorlari bilan keyingi harakatlarimizni muhokama qilamiz, chunki mijozlardan voz kecha olmaymiz», deb aytgan Rabiyya. U kemani sayozlikdan olish bo‘yicha operatsiya qachon yakunlanishini ayta olmasligini ta'kidlab o‘tgan.
Konteyner tashuvchi ulkan kema Suvaysh kanalida 23 mart kuni sayozlikka o‘tirib qolgan va kanalni to‘sib qo‘ygan. Hozirgacha uni siljitish bo‘yicha urinishlar besamar ketmoqda. Ta'kidlanishicha, kemaning sayozlikka o‘tirishiga kuchli shamol sabab bo‘lgan. Turli prognozlarga ko‘ra, kanalda qatnovni tiklash uchun bir haftadan uch haftagacha vaqt talab etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi
O‘zbekiston | 12:50
-
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Jahon | 12:49
-
O‘zbekiston 8 ta davlatdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalarni qaytaradi
O‘zbekiston | 12:18
-
Toshkent viloyatida quriladigan aeroport qanday bo‘ladi?
O‘zbekiston | 12:00
Mavzuga oid

21:40 / 08.01.2025
Misr Suvaysh kanalining yangi tarmog‘ini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

11:36 / 26.01.2024
BMT: Suvaysh kanali orqali savdo qilish hajmi 42 foizga kamaydi

22:49 / 13.12.2023
Isroil Ben Gurion kanali loyihasiga qaytishi mumkinmi?

13:45 / 08.04.2023