Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi shifoxonada mast ahvoldagi bemor shifokorga og‘ir tan jarohati yetkazdi
Toshkent shahrida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya bo‘limi shifokori qabulga olib kelingan mast ahvoldagi bemor tomonidan kaltaklanib, neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 24 mart kuni kechki payt soat 23:15larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul bo‘limiga Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli fuqaro U.N. onasi hamrohligida tekshiruvga olib kelinadi.
Bemorning onasi toksikolog xonasida o‘z xizmat faoliyatini o‘tayotgan navbatchi shifokor N.Tashpo‘latovaga o‘g‘li bir necha kundan beri spirtli ichimlik ichayotganini bildirgan.
Navbatchi shifokor o‘sha vaqtda boshqa bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazayotgani va bundan so‘ng ularni ham qabul qilib, kerakli yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.
Shunga qaramay, bemorning onasi tibbiyot xodimlariga nisbatan turli haqoratli va tuhmat so‘zlar bilan e'tiroz bildirishni boshlagan. Bemor U.N. esa to‘satdan shifokor N.Toshpo‘latovaga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
«Shifokor N.Toshpo‘latovada bosh miya shishi asorati kuzatilib, «Qo‘shma kraniofatsial jarohat. Og‘ir darajadagi bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi. Subaraxnoidal qon quyulishi. Burun suyaklari va burun to‘sig‘i sinib siljishi. Ensa va burun sohalari yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi. Nazogemorreya» tashxisi bilan neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. Ayni paytda u kuchli karaxtlik darajasida bo‘lib, og‘ir ahvolda davolanmoqda. Bemor atrofdagilarga sekin reaksiya berib, muloqotga kirishishga qiynalmoqda», — deydi ushbu markaz direktori Doniyor Alimov.
SSV xabarida qo‘shimcha qilinishicha, xizmat vazifasi vaqtida bemor tomonidan kaltaklangan shifokor Toshpo‘latova 2017 yildan buyon shifokor-toksikolog lavozimida ishlab kelmoqda, o‘z xizmat vazifasini klinik protokollarga rioya qilib, talab darajasida bajarib kelgan.
«Oxirgi paytlarda tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz qilish, shifokorlarning sog‘lig‘iga og‘ir ziyon yetkazish, tahqirlash holatlari uchrayotgani barchamizni tashvishga solmoqda. Pandemiya avj nuqtaga kirgan eng og‘ir davrlarda ham, hozir ham shifokorlarning xalqimiz salomatligi yo‘lida fidoyilik bilan qilgan mehnatlariga barcha guvoh bo‘lib turibdi. Shifokor hech qachon, hech kimga yomonlikni ravo ko‘rmaydi, aksincha, huzuriga shifo istab kelgan har bir bemorga bor kuch-salohiyati, bilimini ishga solib beg‘araz ko‘mak beradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlaridan jamiyatimizda ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan bunday illatlarga qarshi kurashning ta'sirchan va samarali usullarini joriy etib, shifokorlarning haq-huquqlarini qat'iy himoya qilishlarini talab qiladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Qurollarini topshirgan kurdlar, Boeing halokati yuzasidan dastlabki hisobot va yagona aviatashuvchisidan ayrilayotgan Rossiya – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda
Jahon | 13:06
-
Toshkentda sotilgan mashinalarni fuqarolar nomiga o‘tkazmay, MChJni bankrotlikka olib kelganlar ushlandi
Jamiyat | 13:02
Mavzuga oid

19:47 / 30.07.2024
Toshkentda ikki nafar shifokorni ayovsiz kaltaklagan bemor va uning o‘rtoqlari qamoqqa olindi

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

10:39 / 28.07.2024
Toshkentda ikki shifokor mushtumzo‘r bemor va uning o‘rtoqlari tomonidan kaltaklandi

11:28 / 22.07.2024