Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yomg‘ir yog‘sa loyqa suvdan ichamiz, taksichilar ko‘chamizga kirishga og‘rinadi» - qo‘rg‘onchaliklar murojaati
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Qo‘rg‘oncha mahallasi ahlini ichimlik suvi va tibbiyot punkti yo‘qligi, yo‘l ta'mirtalabligi muammolari qiynab keladi.

Qirg‘izqo‘rg‘on ko‘chasi mahalla markazidan 4 km uzoqda joylashgan. Murojaatchilarning aytishicha, yo‘l yomonligi sabab taksichilar ko‘chaga kirgani og‘rinishadi. Hatto «20 ming so‘mga ham kirmayman», deydiganlari ham uchrab turishini aytishdi.
Mahallada tibbiy muassasa yo‘qligi va nosoz yo‘ldan mashina kam yurgani sababli muolaja olish uchun bemorlar ba'zan 4–5 km piyoda yo‘l bosib, qishloq vrachlik punktiga borishadi.

Mahallada yashovchi Dildora Rahmonovaning aytishicha, avvallari mahallaning bu qismida patronaj hamshiraning xonasi bo‘lgan. Keyinchalik u ham ko‘chib ketgan.
Yo‘l yomonligi tez yordam mashinalari ham kechikib kelishiga sabab bo‘ladi.

Mahalla raisi Farhod Rahmonovning aytishicha, mahalliy hokimlik 2020 yilda hududni «Obod qishloq» dasturiga kiritishga va'da bergan. «Pandemiya boshlangani sabab dasturga kiritilishi qoldirilgan», – deydi mahalla raisi.
Mahalla aholisi ichimlik suvi muammosidan ham aziyat chekadi. 2020 yil oxirida viloyat hokimligi tomonidan mahallaga ajratilgan 500 mln so‘m mablag‘ evaziga mahallaning ma'lum qismiga ichimlik suvi tortilgan.
Qirg‘izqo‘rg‘on va Shojalilov ko‘chalarida yashovchi aholi esa ariqda oqib turgan suvdan iste'mol qiladi.
«Hozir yog‘ingarchilik yo‘q. Ariqdan oqayotgan suvlarimiz tiniq. Ozgina yog‘ingarchilik boshlansa, loyqa suvdan iste'mol qilamiz» – deyishmoqda mahalladagilar.
Bu masala bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman ichimlik suvi bilan shug‘ullanuvchi mutasaddilardan hamda yo‘l unitar korxonasidan munosabat so‘radik.

«Namangan suv ta'minot» MChJ Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi muhandisi
«Namangan suv ta'minot» MChJ Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi muhandisi Ulug‘bek Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, mahalla hududida 3 km suv tarmog‘i qurish rejalashtirilgan. Shundan 800 metr qismi oxiriga yetkazilmagan.
Uning aytishicha, Qirg‘izqo‘rg‘on va Shojalilov ko‘chalarini suv bilan ta'minlash ishlari 2021 yilda yakunlanadi.

"Uchqo‘rg‘on yo‘llardan foydalanish" unitar korxonasi bosh muhandisi
Uchqo‘rg‘on yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bosh muhandisi Shavkat Rustamovning so‘zlariga ko‘ra, mahalla hududidagi yo‘llar 11 kilometrni tashkil qiladi. Dasturga asosan, 2021 yil boshida Yangihayot ko‘chasidan 1,5 km qismi shag‘allagan. Umarqori nomli ko‘chadan ham 1,5 km shag‘allash rejaga kiritilgan. Mahalla ahli tilga olayotgan ko‘cha esa sentyabr oyida ta'mirlanishi aytildi.
Ma'lumot uchun, Uchqo‘rg‘on hokimi Azimjon Vahobov davlat rahbarining Namanganga tashrifida tuman infratuzilmasi uchun 90 mlrd so‘m atrofida mablag‘ zarurligini aytgan. Tuman hokimi prezidentdan bu muammolarni bartaraf etish uchun 40 mlrd mablag‘ so‘ragan edi. 50 milliardi esa mahalliy budjetdan qoplashini bildirgan.
«Pul topiladi, muammo mukammal bartaraf etilsa, yil yakuniga qadar o‘zim orden beraman senga», – degan edi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25
-
Mikrohududdan tashqarida 1-sinfga qabul va «jafokash» «Sag‘bon» nimstansiyasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:17
-
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi
Jahon | 23:12
-
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00
Mavzuga oid

20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti

16:35 / 12.04.2025
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon

10:35 / 20.03.2025
O‘zbekistonda qishloq joylarda tug‘ilish ko‘proq ekani ma’lum bo‘ldi

18:05 / 27.11.2024