Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TATUda «Raqamli kutubxona» tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Raqamli kutubxona”sini (Digital library) tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Talabalar va izlanuvchilar uchun jahon va respublika ilmiy-ta'limiy axborotlariga ega bo‘lish imkoniyatini oshirish hamda raqamli resurslardan foydalanish uchun sharoit yaratish maqsad qilingan.
Respublika axborot kutubxona markazi bazasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Raqamli kutubxona”(Digital Library)si tashkil etiladi.
Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Respublika axborot kutubxona markazining Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 7-uyda joylashgan bino va inshootlarini operativ boshqaruv huquqi bilan, shuningdek, ular moddiy-texnika vositalari va axborot texnologiyalariga oid jihozlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kelgusida universitet “Raqamli kutubxona” (Digital Library)sini joylashtirish maqsadida tekin berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Quyidagilar “Raqamli kutubxona” (Digital Library)ning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- universitet va uning filiallari o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini zamonaviy ilmiy-o‘quv resurslari bilan ta'minlash;
- tadqiqotchilar va talabalar uchun ilm va ta'limga oid elektron bazalar yaratish hamda axborotlarni izlashda sun'iy intellekt texnologiyalari joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borish uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid zamonaviy xorijiy ilmiy ma'lumotlar bazalaridan ma'lumot qidirish va ulardan ilmiy tadqiqot ishlarida samarali foydalanish bo‘yicha axborot xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
- axborot-kutubxona xodimlarining raqamli kutubxona loyihasi doirasida malakasini oshirish va qayta tayyorlash.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab universitetda Elektron kutubxona bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
Mavzuga oid

10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin

14:50 / 01.05.2025
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi

18:52 / 13.08.2024
“Talabalarim oldida uyalib qolmaslik uchun til o‘rgandim” – 67 yoshida ingliz tilidan B2 darajasini olgan otaxon

19:00 / 10.04.2023