Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Qodiriy bog‘ida yana bitta mehmonxona quriladi
May oyida Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘ida ikkinchi mehmonxona qurilishi boshlanadi. Hampton by Hilton otelini Qozog‘istonning BI Group kompaniyasi quradi. Yil oxirida ushbu bog‘ ichida yaponlar qurayotgan boshqa bir mehmonxona foydalanishga topshirilishi kutilyapti.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
20 mart kuni Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri mehmonxonasining poydevoriga vaqt kapsulasini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmonxona Toshkent markazidagi Abdulla Qodiriy bog‘i ichida quriladi.
Shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, loyihani ham investor, ham quruvchi sifatida Qozog‘istonning BI Group kompaniyasi amalga oshiradi.
0,75 gektar maydonni egallaydigan loyihaga 100 milliard so‘mdan ortiq investitsiya kiritiladi.

«Mehmonxonadan 120 xona va biznes-markaz o‘rin oladi. Loyiha joriy yilning may oyida boshlanib, 2022 yil iyun oyida foydalanishga topshiriladi», – deyiladi rasmiy relizda.
Qurilish uchun yer maydoni qanday shartlar asosida ajratilgani ma'lum qilinmagan.
Abdulla Qodiriy bog‘ida boshlangan investitsiya loyihalari
2019 yilda Abdulla Qodiriy bog‘ini keng miqyosda qayta ta'mirlash haqida qaror chiqqan. Lex.uz bazasiga kiritilmagan qarorda 16,5 gektarlik bog‘ hududida 14 ta loyihani amalga oshirish belgilangan.
Shahar hokimligi o‘sha yili bog‘ni yangilash uchun davlat budjetidan pul ajratilmasligini ma'lum qilgandi. Bog‘ni obodonlashtirish, u yerda yozuvchiga haykal qo‘yish, kutubxona va ijod maktabi qurish kabilar investitsiya sharti sifatida belgilangan.
Bu yerdagi loyihalardan biri – Yaponiyaning H.I.S. Hotel Holdings Co. Ltd. kompaniyasi qurayotgan 4 yulduzli mehmonxona. 5 qavatli, 140 xonali otel qurilishi 13 mln dollarga baholangan. O‘zbekistondagi ilk yapon mehmonxonasi 2021 yil oxirida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.


Toshkentda 2 ta Hampton by Hilton paydo bo‘ladi
Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri – BI Group va Hilton Worldwide'ning to‘rtinchi qo‘shma loyihasidir.
O‘tgan yili BI Group xoldingi va Hilton Worldwide o‘rtasida Markaziy Osiyoda 10 ta Hampton by Hilton mehmonxonalarini qurish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Ulardan biri Toshkentdagi Vestminster universiteti ro‘parasida qurilmoqda.
20 mart kungi marosimda poytaxt hokimi o‘rinbosari – Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Sharof Rahmonov, Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov va BI Group kompaniyasi vakillari ishtirok etgan. Qozog‘iston tarafidan respublikaning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchi-elchisi Qanat Hasenov va BI Group direktorlar kengashi raisi Aydin Rahimbayev vakillik qilgan.


Ma'lumot uchun, BI Group – Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozoridagi yetakchi qurilish xoldinglaridan biri. 1995 yilda faoliyat boshlagan xolding dunyoning eng yirik qurilish kompaniyalari ENR Top 250 Global Contractors reytingiga kiradi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda noqonuniy qurilgan 12 qavatli mashhur binoni buzish boshlandi
O‘zbekiston | 14:09
-
Mers YeI va AQSh savdo bitimini olqishladi
Jahon | 14:08
-
G‘azoda boshlangan vaqtinchalik tinchlik rejimi, Yevropa bilan kelishib olgan Tramp va Malayziyadagi muzokaralar – kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi
Jamiyat | 13:38
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025