Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Xitoy diplomatlari Alyaskadagi uchrashuvda bir-birini jiddiy aybladi
AQShning yangi ma'muriyatining Xitoy rahbariyati bilan ilk uchrashuvi yangi munosabatlarga tamal toshini qo‘yishi kutilayotgandi. Tomonlar o‘zaro namoyishkorona aybsitishlar bilan boshladi.

Alyaska shtatining Ankorij shahrida 18 mart oqshomida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyni kiberhujumlar, Vashingtonning hamkorlarini iqtisodiy shantaj qilish, Hongkongda inson huquqlarini buzish va uyg‘urlarni ta'qib qilishda aybladi. U, shuningdek, AQShning Xitoyga munosabati kerak bo‘lsa raqobatchi, kerak bo‘lsa hamkorlik asosida, kerak bo‘lsa dushmanlarcha bo‘lishini ta'kidladi. «Pekinning ishlari global barqarorlikka tahdid solmoqda», deydi Blinken.
Xitoy tomonidan Xitoy kommunistik partiyasi markazqo‘mi tashqi ishlar bo‘yicha kanselyariya rahbari Yan Tszechi bunga xitoy tilida irod qilingan 15 daqiqalik nutqda AQShdagi zaiflashib borayotgan demokratiya, ozchilikni ta'qib qilish va AQShning tashqi va savdo siyosatini tanqid qildi. «Sizlar normal savdo almashinuviga xalal berish uchun milliy xavfsizlik kabi tushunchalarni suiiste'mol qilyapsizlar va ayrim davlatlarni Xitoyga hujum qilishga gij-gijlayapsizlar», degan u AQShdagi politsiyaning zo‘ravonliklari, irqchilik va afroamerikaliklarning huquqlarini himoya qiluvchi Black Lives Matter harakatini yodga solib.
Odatda bir necha daqiqa davom etadigan salomlashuv nutqlari bir soatlik «jang»ga aylanib ketdi. Ikkala davlat delegatsiyalari ham mubohasaga kirishib ketganidan, jurnalistlar zalni tark etishga majbur bo‘lishdi. AQSh vakili Xitoy tomonini 2 daqiqa davom etishi kerak bo‘lgan kirish nutqini cho‘zish orqali protokolni buzishda aybladi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi Ankorijda bo‘lib o‘tgan AQSh-Xitoy muzokaralarining ilk sessiyasi «dolzarb, jiddiy va oshkora» bo‘lgani, har ikki taraf ham o‘z manfaat va prioritetlarini ifoda eta olganlarini ma'lum qilgan. «Biz rejalashtirganimizdek o‘z manfaat va prioritetlarimizni ifoda qilishda foydalandik va xitoylik hamkasblarimizdan ham xuddi shuni eshitdik», degan AQSh degegatsiyasi vakili Reuters agentligiga bergan intervyusida.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI sudi xavfsiz mamlakatlar ro‘yxati uchun cheklov o‘rnatadi
Jahon | 08:09
-
Qurilish obektlarida QR kodli pasport o‘rnatiladi
Ko‘chmas mulk | 07:58
-
Multimilliarder Timchenko Yevroittifoq sanksiyalarini oldirib tashlolmadi
Jahon | 07:48
-
Davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 07:40
Mavzuga oid

00:50 / 05.04.2025
The Economist: Alyaskadagi orol aholisi Rossiya bosib olishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganmoqda

17:34 / 02.04.2025
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda

23:36 / 26.03.2025
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi

13:56 / 08.02.2025