Karantin kuchaytirilishi vaksinani sotish bilan bog‘liq degan gaplarda mantiq yo‘q – Nurmat Otabekov
Bugun, 17 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “SOVID-19 bilan bog‘liq bugungi vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, anjumanda sog‘liqni saqlash tizimi vakillariga karantin qoidalarining kuchaytirilishi vaksinani sotish jarayoni bilan qanchalik bog‘liq ekani haqida savol berildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, bunday gaplarda mantiq yo‘q.
“Ataylab vaksinani xarid qilish uchun kasallik bo‘rttirib ko‘rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo‘q. Kasallik bolalar orasidan ko‘payyapti, biz esa 18 yoshdan yuqorilarni emlashni rejalashtiryapmiz.
Karantin cheklovlariga kelsak, bunday bo‘lishiga o‘zimiz sababchimiz. Chunki niqob taqish, antiseptik vositalardan foydalanish, masofa saqlash qoidalarini unutib qo‘ydik. Biz haddan ortiq xotirjamlikka berilib ketdik, mana shu holat vaziyat jiddiylashuviga sabab bo‘lyapti”, – dedi maxsus komissiya a'zosi.
Avvalroq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev O‘zbekiston faqat AstraZeneca vaksinasi bilan cheklanmasligini bildirgandi.
Mavzuga oid

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

18:52 / 19.09.2024