Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy va yuridik shaxslarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi beriladi
Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni ma'qulladi. Ushbu qonunda jismoniy va yuridik shaxslarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berilishi nazarda tutilgan.
Senat yalpi majlisida bugungi kunda Konstitutsiyaviy sudda ish yuritishning protsessual qoidalari Konstitutsiyaviy sudning o‘zi tomonidan tasdiqlangan reglament bilan belgilab berilgani, xorijiy mamlakatlarda esa bunday qoidalar Konstitutsiyaviy sud tomonidan emas, balki qonun bilan belgilangani ta'kidlanib, qonunning yangi tahririda ushbu kamchilik bartaraf etilishi bildirildi.
Qonunning yangi tahririda Konstitutsiyaviy sudga masalalar kiritish huquqiga ega bo‘lgan sub'yektlar doirasi quyidagilar hisobiga kengaytirilmoqda:
- Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi;
- O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes ombudsman);
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil.
Bundan tashqari, ushbu qonun bilan fuqarolar va yuridik shaxslarga muayyan ishda qo‘llangan qonun bilan ularning konstitutsiyaviy huquqlari buzilganligi yuzasidan shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berilmoqda.
Ushbu Konstitutsiyaviy qonun prezident tomonidan imzolanib, rasmiy e'lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi.
Ma'lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning amaldagi tahriri 2017 yil 31 may kuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonun bungacha ham ikki marta – 1993 yil 6 may hamda 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

19:07 / 02.08.2025
O‘zbekiston Xalqaro metrik konvensiyaga qo‘shilmoqchi. Bu nima beradi?

18:12 / 02.08.2025
Muammolar girdobidagi qurilish sektori. Senat Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yubordi

23:00 / 01.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda

11:40 / 23.07.2025