«Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi mablag‘lari talon-toroj qilingani aytilmoqda. Gumondor – sobiq bosh hisobchi
Kun.uz Toshkent viloyati prokuraturasidan olgan ma'lumotga ko‘ra, «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi markaziy apparatining sobiq bosh hisobchisi 2020 yilning 7 fevral hamda 2 mart kunlari jamg‘arma hisobraqamidan o‘zining shaxsiy plastik kartasiga jami 200 mln so‘m o‘tkazgan.

2020 yilning 21 iyulida esa u o‘zi muassis bo‘lgan oilaviy korxonasining Xalq banki Zangiota filialidagi hisob raqamiga hech qanday hujjatlarsiz 991,3 mln so‘m o‘tkazgan. Shu yo‘l bilan qariyb 1,2 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aytilmoqda.
Prokuraturaga ko‘ra, jinoiy qilmish aniqlangan vaqtda bosh hisobchi lavozimidan bo‘shab ketgan. U jamg‘armada ikki yil faoliyat olib borgani ma'lum qilindi.
Toshkent viloyati prokurorining katta yordamchisi Arslonbek Toshpo‘latovning aytishicha, hozir holat yuzasidan Zangiota tuman prokuraturasi dastlabki tergovni olib bormoqda. U tergov yakuni bo‘yicha OAVga xabar berilishini qo‘shimcha qildi.
Holat yuzasidan «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi ham bayonot berdi. Unda sobiq bosh hisobchi jamoa o‘rtasida muntazam ravishda nosog‘lom muhitni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatilgani, holat sud orqali ham o‘z tasdig‘ini topgani ta'kidlanadi.
Ma'lum bo‘lishicha, jamg‘arma tomonidan bosh hisobchining faoliyati o‘rganilganda ushbu kamomad aniqlangan hamda to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilgan.
«Bugungi kunda qariyb 500 mln so‘m undirilgan va mol-mulklari xatlovga olingan», – deyiladi jamg‘arma axborotida.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

16:21 / 05.03.2025
Romitanda “rayono” mudiri va uning sheriklari jinoiy jazoga tortildi

20:43 / 28.02.2025