Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uychi tumani to‘rtligi ishdan ketdi
Namangan shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davomida Namangan viloyati Uychi tumani «to‘rtligi» ishdan olindi.

Sessiyada ishtirok etayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tuman iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanmagani, topishiriqlarni bajarmagani uchun Uychi tumanining to‘rtta sektor rahbari - tumanga 2018 yil avgustidan buyon hokimlik qilib kelayotgan Muhammadayubxo‘ja Apaqov, shuningdek, tuman prokurori Ulug‘bek Nomanov, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Avazbek Xo‘jaxonov va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Adhamjon Mahmudovni ishdan olishga ko‘rsatma berdi.
Prezident Uychi tumanidagi vaziyatni «respublika va Namangandagi» eng og‘iri deb atagan. Tumanga yosh mutaxassislarni rahbar qilib tayinlash vazifasi berilgan.
«Ularning o‘rniga ish beradigan g‘ayratli, yosh kadrlarni qo‘yasan», deya viloyat hokimiga topshiriq bergan Shavkat Mirziyoyev.
Lavozimidan ozod qilingan mutasaddilarning ish faoliyati taftish qilinib, javobgarlikka tortilishi masalasi ko‘rib chiqilishi ham aytib o‘tilgan.
Sessiya davomida davlat rahbari tomonidan Chust tumani 4ta sektor rahbarlariga Chust tajribasi sifatida ish tashkil etish topshirig‘i berildi. Sektor rahbarlari 6 oydan keyin hisobot berishi aytib o‘tildi. 4ta sektor rahbari 6 oy mobaynida o‘zgarish qilishga va'da berdi.
- Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Quva tumani va Farg‘ona shahrida ham to‘rtta sektor rahbarlari ishdan olingandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

16:33 / 09.02.2025
Namanganda mast holda mashina boshqarib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yigit 6 yilga qamaldi

17:56 / 15.01.2023
Namangan viloyatidagi to‘rtta xonadonda yong‘in yuz berdi

09:24 / 01.05.2022
Namanganda fermerlik balansidagi 1 gektar yerni 43 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

10:46 / 23.12.2021