Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yildan 30 ta OTM o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi
2022 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi 30 ta oliy ta'lim muassasasi o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma'lum qildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Xoliqov Harakatlar strategiyasining 4 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan forumdagi ma'ruzasida shu haqda ta'kidlab o‘tgan.
Vazirlik vakili keltirgan statistikaga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondagi 132 ta OTMning 71 tasida sirtqi ta'lim, 18 tasida kechki ta'lim, 147 tasida magistratura yo‘nalishlarida ta'lim berilmoqda.
So‘nggi to‘rt yilda OTMlarda tahsil oluvchi talabalar sonida sezilarli o‘sish kuzatilgan. 2016 yilda mavjud 77 ta OTMda 279 674 nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib ularning soni 590 077 nafarga yetgan.
Natijada yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 25 foizga ko‘tarilgan. 2021–2022 yilgi qabul jarayonida esa bu ko‘rsatkich 27 foizga yetkaziladi.
2021/22 o‘quv yilida 62 ta OTMda ta'lim jarayonini boshqarishning raqamlashtirilgan axborot tizimi, 58 ta OTMda kredit-modul tizimi joriy etiladi. Ta'lim yo‘nalishlari mutaxassislik fanlari o‘quv yuklamasining 48 foizi amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
-
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi
Jahon | 09:54
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
-
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi
Jahon | 09:08
Mavzuga oid

13:13 / 24.07.2025
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi

17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?

11:09 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi

18:14 / 19.07.2025