Yunusobod ko‘prigining bir qismi 13 fevralgacha yopildi

Toshkent shahrida Amir Temur shohko‘chasi ustidan o‘tgan ko‘prikning (mo‘ljal “Universam”) bir tomoni “Yunusobod” metro bekatidan 7-son shahar klinik shifoxonasi yo‘nalishida transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Poytaxt hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu yo‘l-ta'mirlash ishlarini tezroq yakunlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ishlar 13 fevral kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.
Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid

00:30 / 07.02.2025
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

17:42 / 23.01.2025
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:06 / 01.01.2025
Toshkentda 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi

12:29 / 27.12.2024