Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bektemir Meliqo‘ziyev fevralda amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Foto: EPA
Professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 13 fevralda AQShda amerikalik Morgan Fitchga qarshi jang o‘tkazadi. Bu haqda uning menejyeri Vadim Kornilov ma'lum qildi.
Hamyurtimiz 30 yanvarda rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq jang Kovalyovning doping-namunasida taqiqlangan modda aniqlangani sababli bekor qilingandi.
Meliqo‘ziyev va Fitch o‘rtasidagi jang 8 raunddan iborat bo‘ladi va Golden Boy Promotions tashkillashtiradigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
24 yoshli Bektemir professional boksdagi faoliyatini 2019 yil iyundan boshlagan va shu kungacha 6ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U oxirgi jangini 2020 yil oktyabrda meksikalik Alan Kampaga qarshi o‘tkazib, 2-o‘rta vaznda WBO Inter-Continental chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
Meliqo‘ziyevning bo‘lg‘usi raqibi Morgan Fitch 37 yoshda bo‘lib, o‘z faoliyatida 24 ta jang o‘tkazib, 19ta g‘alaba, 4ta mag‘lubiyat va bitta durang natija qayd qilgan.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi

08:55 / 21.04.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev «qonli» jangda yengilmas raqibni yengdi

08:40 / 08.10.2023