Krasnodar va Qozondan Toshkentga charter qatnovlari amalga oshiriladi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Krasnodar va Qozondan Toshkentga charter qatnovlarini amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways 2021 yil 9 va 23 fevral kunlari Krasnodardan Toshkentga charter qatnovlarini amalga oshiradi. Krasnodardan Toshkentga jo‘nab ketish vaqti 21:20da, yetib kelish vaqti 02:50da
Shuningdek, aviakompaniya 2021 yil 2, 9, 16 va 23 fevral kunlari Qozondan Toshkentga charter qatnovlarini amalga oshiradi. Qozondan Toshkent jo‘nab ketishi vaqti 18:30da, yetib kelish vaqti 23:30da.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonga Rossiya shaharlaridan PZR testdan (qatnov jo‘nashidan 72 soat ichida amalga oshirilgan) o‘tganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma taqdim etilgan va O‘zbekiston viza rejimiga rioya qilingan holda parvoz qilishga ruxsat etiladi. PZR ma'lumotnomasiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid

16:30 / 23.06.2025
Toshkentda savdo do‘koni tomiga chiqqan 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

21:02 / 19.06.2025