Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Jizzaxda qulab tushgan uyni qurganlar qonun oldida javob berishi kerak
Prezident Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosariga chora ko‘rishni talab qildi. Avvalroq bu amaldorning qarindoshlari qurilishlar bo‘yicha bir necha yuz milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgani ma'lum bo‘lgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni Yunusobod tumani faollari bilan uchrashuv chog‘ida qator muammolarga, jumladan, Jizzaxda qulab tushgan uy masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Meni maqtayversalaring, hech narsa o‘zgarmaydi, qarsak bilan umrimiz o‘taveradi. Xalqni rozi qilishni o‘ylash kerak. Shunday qilaylikki, farzandlarimiz, nabiralarimiz bizdan rozi bo‘lsin.
Davlat idoralariga talab bundan ham qattiq bo‘ladi. Mana, men yaqinda ikki vazirni ishdan oldim. Yana qator vazirlar, vazir o‘rinbosarlari qattiq ogohlantirish oldi. Nimaga desangiz, aravani tortish kerak, bo‘lmasa ketish kerak.
Jizzaxdagi uy qurilishiga yo‘l qo‘yganlar qonun oldida javob berishlari kerak. Bu masala albatta nazoratda bo‘lishi kerak», – dedi davlat rahbari.
Prezidentning ta'kidicha, Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari hozirgi siyosatga xiyonat qilgan.
«Uning butun to‘dasiga qonuniy jazo belgilanishi kerak. Sholi kurmaksiz bo‘lmaganidek, baribir eski zamonni qo‘msagan noinsoflar ham bor. Ular erkinlik, ochiqlik siyosatini tushunmaydi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Avvalroq, jamoatchilik surishtiruvida ma'lum bo‘lgandiki, Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Akrom Rahmonqulovning qarindoshlari ijtimoiy va boshqa soha obektlarini qurish bo‘yicha bir necha yuz milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan. Akrom Rahmonqulov qarindoshlari yutgan tenderlarda komissiya rahbari sifatida qatnashgan.
- 10 yanvar kuni Jizzax shahridagi Zilol mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangi qurilayotgan, 6 qavatdan iborat ko‘p qavatli uy quladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

12:36 / 08.07.2025
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

11:20 / 25.02.2025