Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHXBB rasmiysi haydovchilik imtihonining yangi tartibi bo‘yicha tushuntirish berdi
Prezident qaroriga asosan 2021 yil 1 apreldan tadbirkorlik sub'yektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berilmoqda.

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida IIV YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov mazkur imtihonlar qanday tartibda o‘tkazilishi haqida ma'lumot berdi.
«Nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishda tadbirkorlarga qo‘shimcha majburiyatlar yuklatiladi. Ya'ni ular o‘zlarining zamonaviy avtodromlarini tashkil etishlari hamda ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlashlari kerak. Sababi, imtihon olish jarayoni inson omilisiz amalga oshirilishi kerak. Biz ushbu tartibni qat'iy ushlaganmiz. Amaldagi tartib bo‘yicha imtihon olishda to‘liq inson omili aralashadi. Yangi tartibda esa inson omili aralashmasligiga harakat qilyapmiz», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, avtodromlarga joylashtiriladigan avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari qanday bo‘lishi ma'lum qilindi.
«Avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari ichida kameralari bo‘ladi. Shuningdek, uni boshqarayotgan haydovchilik guvohnomasini olishga nomzodning harakatlariga avtomatik baho bera oladi. Nomzodning natijasi ham avtomatlashtirilgan tarzda chiqariladi.
Aerodrom ham nomzodning natijalarini avtomatik tarzda chiqarib beradigan maxsus avtomatlashtirilgan moslamalar bilan jihozlanadi. Bunga tadbirkorlik sub'yekti ham, ichki ishlar idoralari xodimi ham aralasholmaydi. Dastur shunday tuziladiki, bu yerda inson omili umuman rol o‘ynamaydi», dedi Erali Bozorov.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
-
Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bilan mahsulot taqsimoti to‘g‘risida bitim imzolandi
O‘zbekiston | 18:05
Mavzuga oid

19:55 / 03.03.2025
YTHlar va ularning fojiali oqibatlarini kamaytirish – Erali Bozorov qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi haqida

18:45 / 25.02.2025
“Videolarni montaj qilib tarqatishyapti” – YHXX rasmiysi «no photo» qonuni haqida

12:38 / 25.02.2025
Hozircha kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalar 12 balli tizimga qo‘shib hisoblanmaydi

22:27 / 19.04.2022