Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bo‘ladi
2021 yil 14 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga Sherzod Hidoyatov nomzodini ko‘rib chiqdilar. Xalq vakillari tomonidan ushbu nomzod ma'qullandi.

Sherzod Hidoyatov 2019 yil sentyabridan buyon Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi. U 2018 yil aprelidan buyon ushbu lavozimida ishlab kelgan Botir Zokirov prezident farmoni bilan qurilish vaziri etib tayinlanishi ortidan vazirlikka kelgandi.
6 yanvar kuni faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun qurilish vaziri Botir Zokirov prezident tomonidan ogohlantirilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, ushbu yig‘ilishdan so‘ng davlat rahbarining 5 yanvardagi farmoniga binoan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev ishdan olingandi.
Sherzod Hidoyatov 1980 yil 20 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Tashkiliy-nazorat boshqarmasi umumiy bo‘limida nusxa ko‘chirish bo‘yicha nozirlikdan boshlagan. Turli yillarda bir qator korxona va tashkilotlarda mehnat qilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Tashkiliy-nazorat boshqarmasida turli vazifalarda, «NORDLINK ALIMINIUM BUILDING MATERIALS» mas'uliyati cheklangan jamiyati xorij korxonasi direktorining o‘rinbosari, «DREAM PRODUCTION» mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasi direktori, «Toshkent transformator zavodi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori, «DURABEL BETON» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yil mayida Toshkent shahri hokimiga aylangan Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rniga «Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida obektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi direktori etib tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bu yil 374 km elektr tarmog‘i, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanadi
O‘zbekiston | 22:00
-
Putin sulh tuzish uchun Ukraina hududlarini so‘ramoqda – OAV
Jahon | 21:58
-
Lukashenko navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini aytdi
Jahon | 21:22
-
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54
Mavzuga oid

16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

18:30 / 07.10.2024
Qurilish sohasida aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlar haqida ma’lumot berildi

12:05 / 17.07.2024
Botir Zokirov qurilish vaziri lavozimidan ketdi

15:41 / 29.01.2024